Viloyat hokimi Murotjon Azimovni TATU Qarshi filiali talaba-yoshlari bilan uchrashuvida bildirilgan takliflardan kelib chiqib, joriy yilning 23-may kuni vohamizda ilk bor “Dasturiy mahsulotlar yarmarkasi” o‘tkaziladi.

Yarmarkada oliy o‘quv yurtlari talabalari va professional dasturchilar o‘z dasturiy mahsulotlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tadbirda tayyor dasturiy mahsulotlar va startap loyihalarning taqdimoti o‘tkaziladi va tadbirkorlarga hamkorlikda ishlash takliflari beriladi.

Yarmarkada ishtirok etish bepul.

Yarmarka tashkilotchilari: Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar viloyat boshqarmasi, Viloyat IT Park va Viloyat Savdo-sanoat palatasi.

Manzil: Qarshi shahri "Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi".

Maʼlumot uchun: 97-310-12-23, 97-279-99-02.

Foto galereya