Xabaringiz bor, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida Qashqadaryo viloyatidagi 2 685 390 gektar (94%) yer maydonlarini aniq hisobini yuritish va davlat rо‘yxatidan о‘tkazilishi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyatidagi barcha qishloq xо‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilari va kо‘chmas mulk obyektlarida yalpi xatlov ishlarini tashkil etilib, davlat rо‘yxatidan о‘tkazish, milliy geoaxborot tizimi (Geoportal )ga kiritish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hurmatli Qashqadaryoliklar!

Fermer va dehqon xо‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi sizning foydalanishingizda bо‘lgan fermer, dehqon xо‘jalagi yer maydonlarining aniq kontur chegaralarini belgilab olish, hisobini tо‘g‘ri yuritish, soliq solishda tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida sizlardan ihtiyoringizda bо‘lgan yer uchastkalariga bо‘lgan xujjatlar (fermer xо‘jaliklari) va pasport, STIR haqidagi (dehqon/tomorqa xо‘jaliklari) ma’lumotlar tо‘g‘risida xabar berishingizni sо‘raydi.

 

Ma’lumotlarni quyidagi   telegram ( @qashkadastrbot ) manzilimizga yuborishingiz mumkin

Eslatib о‘tamiz, hisobi tо‘g‘ri yuritilmagan, ma’lumotlari tо‘liqligi ta’minlanmagan va davlat rо‘yxatidan о‘tkazilmagan yer uchastkalari tuman zaxira fondiga qaytarilishi mumkin.

Siz ma’lumotlarni tо‘g‘ri va tо‘liq taqdim etish orqali о‘zingiz va о‘zgalar vaqtini tejagan hamda viloyatda о‘tkazilayotgan yer xatlovida faol ishtirok etgan bо‘lasiz.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ma’lumotlarni taqdim etishingizda sarsongarchilikni oldini olish maqsadida viloyatning har bir tumanida  ishchi guruh shtablarini tashkil etdi.

 

Tashkil etilgan ishchi guruh shtablariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aloqaga chiqishingiz va sо‘ralayotgan  ma’lumotlarni taqdim etishingiz uchun tumanlar kesimida ishlab turgan quyidagi telefon raqamlariga qо‘ng‘iroq qilishingizni sо‘raymiz.

Yakkabog‘ tuman shtabi (75) 582-20-57

Qamashi tuman shtabi (90) 729-55-58

Shahrisabz shahar shtabi (91) 225-59-12

Muborak tumani shtabi  (99) 478-94-96

Chiroqchi tumani shtabi (90) 441-61-71

Kasbi tumani shtabi (91) 793-77-55

Shahrisabz tumani shtabi (91) 466-71-42

Kitob tumani shtabi (97) 384-58-85

Mirishkor tumani shtabi (99) 691-11-14

G‘uzor tumani shtabi (99) 665- 11-77

Qarshi shahar shtabi (97) 750-34-02

Dehqonobod tumani shtabi (93) 071-31-11

Qarshi tumani shtabi (90) 517-15-34

Koson tumani shtabi (99) 383- 52-62

Nishon tumani shtabi (90) 999-46-62

Hurmatli Qashqadaryoliklar!

Fermer va dehqon xо‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari ❗️

Imkoniyatni qо‘ldan boy bermang! foydalanishingizda bо‘lgan yer maydonlaringizni qonuniy rasmiylashtirib oling!

 “Yer-umummilliy boyligimiz va undan samarali va oqilona foydalanish har birimizning asosiy burchimiz ekanligini unutmang !

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

Foto galereya