Hozirgi kunda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish, ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalar bilan manzilli ishlash va ularning “o‘sish nuqtalari”ni hayotga tadbiq etish maqsadida hududlarda tashkil etilgan “mahallabay” ishlash tizimi o‘z samarasini bermoqda.
 
“Mahallabay” ishlash tizimi asosida “og‘ir” mahallalarda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan “yetakchi” tadbirkorlar va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperasiyani kengaytirish orqali aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash o‘zini oqlamoqda.
 
Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini keyingi bosqichga olib chiqish, mahallaning o‘zida turib barcha masalalarnpi hal etish choralarini ko‘rish faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida respublikada ilk marotaba Qashqadaryo viloyatida tajriba tariqasida “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etilmoqda.
 
Lavozimga qo‘yiladigan asosiy talablar:
 
- Nomzod oliy ma’lumotli, iqtisodiyot sohasida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
 
“Hokim yordamchisi”ning asosiy vazifalari:
 
- “Xonadonbay” so‘rovnoma o‘tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “portreti”ni ishlab chiqish;
 
- mahallaning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlarning bandligini ta’minlash va aholini o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish;
 
- “Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiya ajratish;
 
- tadbirkorlik sub’yektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, mavjud muammollarni “mahallabay” o‘rganish hamda hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud instrument va resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish;
 
- hududiy va investisiya dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda mahallaning rivojlanishiga doir dasturlar ijrosini nazorat (monitoring) qilish.
 
“Hokim yordamchisi”ning mavjud dastaklari:
 
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida har bir mahalladagi xonadonlarga va yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlariga kredit ajratish uchun kredit resurslari limiti ixtiyoriga beriladi;
 
Bandlikka ko‘maklashish markazi jamg‘armasidan ishsiz fuqarolar uchun asbob-uskunalar va  mini texnologiyalar xarid qilishga har bir mahallaga subsidiya uchun kupon beriladi;
 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga fuqaroni jalb qilish uchun har bir mahallaga kupon beriladi;
 
Har bir mahallaga fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun vaucher beriladi;
 
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit, subsidiyalar, moddiy yordam va nafaqalar ajratish uchun xulosa beradi.
 
“Ijtimoiy shartnoma”larni imzolash hamda shartnoma shartlarini bajarilishini ta’minlaydi.
 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyatining 792 ta mahallasida “Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilinadi
 
Nomzod ushbu lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran, milliy kadrlar zahirasiga kiritilib, mehnat faoliyatining natijalarga ko‘ra, lavozim bo‘yicha o‘stirib boriladi.
 
“Hokim yordamchisi” tizimi joriy etilgandan boshlab, tuman, shahar, viloyat, respublika rahbar lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etish va tayinlash faqat va faqat hokim yordamchisi lavozimida samarali mehnat ko‘rsatayotgan kadrlardan tanlab olinadi.
 
Murojaat uchun telefonlar: (75) 221-15-07, (75) 221-17-12;
Ma’lumotnoma (obektivka) yuborish uchun: (99) 665-79-50 telegram raqami.
Foto galereya