Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi “Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 182-sonli qaroriga muvofiq, Dehqonobod tumanida pista va kavrak plantatsiyalarini tashkil etish uchun yer maydonlarini tadbirkorlarga uzoq muddatli ijaraga ajratib berish yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi” MCHJ tanlov o‘tkazilishini maʼlum qiladi.

Ushbu tanlovda Dehqonobod tumanida pista va kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish istagida bo‘lgan barcha tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, tanlov g‘oliblariga suv tarmoqlarini qurish va pista ko‘chatini sotib olish uchun mutanosib ravishda kredit va subsidiya mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlov maʼlumotlari:

  1. Jami yer maydoni – 1589,1 gektar;

  2. Lotlar maydoni – 18 gektardan 230 gektargacha;

  3. Lotlar soni -24 ta;

  4. Ijara muddati – 49 yil;

Maʼlumot uchun: tanlovda eng kam miqdordagi subsidiya summasiga loyihani amalga oshirishni taklif qilgan tadbirkorga ustunlik beriladi
shuningdek, tanlov g‘olibi, tuman hokimligi va “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi” MCHJ o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama investitsion shartnomaga asosan yer maydonlari uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur shartnoma bilan tadbirkorlarning majburiyatlari, jumladan lot hududini panjara bilan o‘rash, doimiy ish o‘rnilarni yaratish, daromadlarini hisobotlarda to‘liq aks ettirish va boshqa majburiyatlar belgilab berilgan.

 “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi” MCHJ barcha tadbirkorlarni lotlarni ajratish bo‘yicha tanlovda faol ishtirok etishga taklif etadi.

Tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar, tanlov g‘olibining majburiyatlari va boshqa qo‘shimcha maʼlumotlar Dehqonobod tumani Davlat soliq inspeksiyasi binosining 7-xonasidan
yoki +998 75 612-11-51 telefon raqamiga murojaat qilish orqali olish mumkinligi bildiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2021 yil 27-may kuni soat 17-00 gacha Dehqonobod tuman soliq inspeksiyasi binosining 7-xonasida qabul qilinadi.

Foto galereya