Viloyatning barcha tuman (shahar)larida maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.
 
Taqdimotda o‘z loyihalaringiz bilan ishtirok etish istagingiz bo‘lsa, quyida havola etilayotgan dastlabki malakani baholash hujjatlari va maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash sohasida Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi taqdimotni tuman va shahar hokimlariga hamda tuman va shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga 2021-yilning 10-sentabr kuni soat 18-00 ga  qadar taqdim etishingiz so‘raladi.
 
Bu tadbirkorlik sohasi eng serdaromad bo‘lib, unda o‘tkaziladigan tenderlarda g‘olib deb topilgan tadbirkorlarga hududlardagi “Toza hudud” DUK tasarrufidagi barcha moddiy-texnika bazasi uzoq vaqtga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ixtiyoringizga foydalanishingiz uchun o‘tkaziladi. Eng muhimi imtiyozli va Siz uchun qulay kreditlar, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganingizdan keyin bepul va bexarajat xom-ashyoga ega bo‘lasiz. Yana bir qancha qulay imkoniyatlarlar eshigi ochiladi-ki, unda qisqa vaqt mobaynida sarflagan sarmoyangizdan sof daromad olishni boshlaysiz.
 
Shoshiling va ushbu qulay imkoniyatdan foydalaning!
 
Taqdim qilinadigan hujjatlar:
 
1) Taqdimot loyihasi;
 
2) Dastlabki malakani baholash hujjatlari;
 
3) Texnikaviy va tijoriy (moliyaviy) taklif.
 
Murojaat uchun mas’ullarning F.I.Sh. va telefon raqamlari:
 
Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofoza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Qambaraliyev Maqsud (97) 240-05-59, (75) 221-09-59;
 
 1. Shahrisabz shahar hokimligi mutaxassisi Jovliyev Jonibek Xamdamovich (98) 777-91-63;
 2. Gʻuzor tuman hokimining o‘rinbosari Zokirov Zohidjon Zakirovich (98) 777-19-82;
 3. Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari Ergashev Sherdil (75) 612-19-52, (90) 868-68-95;
 4. Qamashi tuman hokimining o‘rinbosari Haydarov Qurbon Xazratovich (97) 200-24-40; (75) 532-41-22;
 5. Qarshi tumani hokimining o‘rinbosari Abdurashidov Davron (90) 345-12-77, (75) 572-16-24;
 6. Kasbi tumani hokimining o‘rinbosari Turayev Qaxramon Orifovich (98) 275-10-08, (75) 642-18-76;
 7. Kitob tumani hokimining o‘rinbosari Pulatov Atxam Abduraxmonovich (97) 385-90-06, (75)-542-50-07;
 8. Koson tumani hokimining o‘rinbosari Ochilov Baxodir (91) 633-32-32, (75)-592-19-19;
 9. Mirishkor tumani hokimligi mutaxassisi Mavlonov Latif Baxtiyorovich (97) 755-11-09, (75) 652-10-51;
10. Muborak tumani hokimining o‘rinbosari Jumayev Mirtemir Ibodullayevich (99) 688-72-22, (75) 642-15-15;
11. Nishon tumani hokimining o‘rinbosari Nabiyev Usmon Aminovich (98) 777-98-81, (75) 512-19-15;
12. Chiroqchi tumani hokimining o‘rinbosari Abduraximov O‘ktam Toshqulovich (93) 294-51-31, (75) 562-30-13;
13. Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari Qurbonov Asqar Ergashevich (98) 777-60-64, (97) 559-60-64, (75) 521-10-12;
14. Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari Fayziyev Buri Musurmonovich (98) 777-34-39, (75)-582-54-20.
Foto galereya