Qashqadaryo  viloyati hokimining О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan bayram TABRIGI

Assalomu alaykum, qadrli tantana ishtirokchilari!

Hurmatli va  aziz mehmonlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali voha ahlini  eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Biz uchun yangi davr, erkin va ozod hayotni boshlab bergan ushbu qutlug‘ sana har bir inson, har bir oila hayotida о‘z о‘rniga ega. Shu bois ham bu ayyomni har birimiz о‘zgacha kо‘tarinkilik va mamnunlik bilan kutib olamiz.        

Zero, mustaqilligimizning joriy  yilda  «Jonajon  О‘zbekistonim, mangu bо‘l omon!»  degan  ezgu  g‘oya asosida nishonlanishi zamirida ham yurtdoshlarimizning Vatanimizga bо‘lgan  yuksak  mehri  va  cheksiz  faxru  iftixori  mujassamdir.

   Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek, istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qо‘ymoqdamiz.

Ayniqsa, 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlar keyingi yillarda aholining hayot darajasi va sifatini tubdan yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buni birgina viloyatimiz misolida olib kо‘radigan bо‘lsak, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida sо‘nggi 2 yil ichida shahar va qishloqlarning yangi, obod va yanada kо‘rkam qiyofasini yaratish, xalqimiz farovonligini oshirish maqsadida 69 ta qishloq va 10 ta mahallaning me’moriy qiyofasi tubdan yangilanmoqda. Ularda yо‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Aholining zamonaviy uy-joyga bо‘lgan talab va ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida birgina joriy yilning о‘zida 1673 oilaga mо‘ljallangan 365 ta yakka tartibdagi 2 sotixli uylar va 44 ta kо‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirildi. О‘tgan 2 yil ichida esa kam ta’minlangan, nogironligi bо‘lgan 127 nafar fuqaro va 215 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar oilalari uy-joy bilan ta’minlandi.

Investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 328,2 milliard sо‘m miqdoridagi mablag‘ni о‘zlashtirish hisobiga 145 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, jumladan, aholi farovonligini oshirish maqsadida 216,5 kilometr ichki yо‘llar va kо‘chalar ta’mirlandi, 90 ta aholi punktida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 157,5 kilometr suv tarmoqlari tortildi.

1909 ta bо‘sh turgan obyekt va yer maydonlarining 1006 tasi ishlab chiqarishga jalb etilishi natijasida 4 mingga yaqin yangi ish о‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, viloyatimizda 160 ga yaqin xorijiy sarmoya va korxonalar ishtirokidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyat kо‘rsatib, ularda 2 mingga yaqin ish о‘rinlari yaratilishi bilan bir qatorda viloyatning  eksport salohiyati ham ortishiga erishildi.

Keyingi 6 oyda  viloyatimiz bо‘yicha 10 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ish bilan ta’minlandi, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga 655 milliard sо‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

 “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida 29 ming 189 ta loyihaga 518  milliard sо‘mlik kredit mablag‘lari ajratilishi hisobiga 13 mingdan ortiq yangi ish о‘rinlari yaratildi.

Tibbiyot soxasida sо‘nggi ikki yarim yil ichida jami 113 ta davolash-profilaktika muassasalarida qurilish, ta’mirlash hamda yangidan jihozlash ishlari bajarildi. Aholi salomatligi yо‘lida 130 о‘ringa mо‘ljallangan  Respublika Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali, 150 о‘ringa mо‘ljallangan Respublika Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali hamda 140 о‘rinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari yangidan qurilib, yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Bugungi kunda bu tibbiyot muassasalarida malakali xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar faoliyat yuritishmoqda.

Bir eslab kо‘ring, bundan 28 yil burun Qashqadaryoda katta-kichigini qо‘shib hisoblasa, atigi yuzga yaqin sanoat korxonalari bо‘lardi. Bugun esa ularning soni uch mingtadan oshib ketdi.

Viloyatimizning mavjud industrial sohasini yanada yuksaltirish maqsadida hozirgi vaqtda faqat neft-gaz, neft-kimyo sanoatining о‘zida salkam 255 million dollarga teng bо‘lgan 12 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 2020 yilgacha viloyatda ayni shu sohada yana 284 million dollarlik 14 ta loyiha amalga oshiriladi.  Quvonarlisi, bugungi kunda vohamizning boshqa sohalarida ham  shunday  yirik  ishlab  chiqarish  quvvatlarida qurilish  ishlari  olib  borilmoqda.

Jumladan, GTL – sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavodining mahsulotlari  transport vositalari, qishloq xо‘jaligi, aviatsiya sohasiga qanchadan-qancha naf keltiradi. Yoki “Epsilon” kompaniyasi tomonidan olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida yangi neft va gaz kondensatli Bahoriston koni ochildi. Bular о‘z navbatida kо‘plab yangi ish о‘rinlari yaratilishi, oilalar farovonligi ta’minlanishi deganidir.

Viloyatimiz qishloq xо‘jaligi sohasidagi yutuqlar ham e’tirofga loyiq. Dehqon-fermerlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga bu yil 515 ming tonnadan ortiq g‘alla о‘rib-yanchib olindi. Ayniqsa, Mirishkor, Koson, Nishon, Kasbi tumanlari g‘allakorlarining yutuqlarini alohida ta’kidlash zarur. Ayni vaqtda mirishkor dehqonlarimiz 381 ming tonnalik paxta xirmonini yaratish ustida astoydil mehnat qilmoqdalar, albatta bu marrani ham barchamiz yakdil, yelkadosh bо‘lib qо‘lga kiritamiz.

 Aziz tantana ishtirokchilari!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar kelajagi, ularning  manfaatlari masalasiga,  zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 

Bolani yoshligidan barkamol inson qilib tarbiyalash  davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishi etib belgilandi. Viloyatimizda bir yarim yil ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 326 tadan 1000 taga, ya’ni 3 barobardan kо‘proqqa oshirilgani fikrimiz tasdig‘idir.

Kuni kecha Dehqonobodda yangi bog‘cha ochilishi bilan viloyatimizda qurib bitkazilgan, barcha zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan va bolalarni qabul qilishga har jihatdan shay bо‘lgan bog‘chalarimiz soni minginchi dovondan oshdi. Natijada, bugun Shahrisabz tog‘ining tepasidayam, Mirishkor chо‘lining о‘rtasidayam jajji о‘g‘il-qizlarimiz har tomonlama intellektual, jismoniy va ma’naviy-estetik ta’lim-tarbiya olmoqdalar.

Viloyatimizda 1117 ta maktab mavjud bо‘lib, о‘zaro sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida 2 ta nodavlat maktabi о‘z faoliyatini boshladi.

Yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar natijasida bugun qashqadaryolik о‘quvchilar nafaqat respublika miqyosidagi, balki xalqaro doiradagi tanlov va festivallarda ham о‘zini kо‘rsatayapti.

Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ijod maktablari tez fursatda о‘z mevasini bera boshladi. Joriy yilda Abdulla Oripov nomidagi maktab-internatning 10-sinf о‘quvchisi Alisherova E’zoza Zulfiya  nomidagi davlat mukofotini qо‘lga kiritgani bunga yaqqol misoldir.

Ta’lim va tarbiyaning poydevori maktab bо‘lsa, maktabni maktab qiladigan kuch  -  albatta о‘qituvchilardir. Bugun maktablarimizda 50 mingdan oshiq о‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar. Ular orasida О‘zbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopova, “Dо‘stlik ordeni” sohibi, Dehqonobod tumanidagi 7-umumiy о‘rta ta’lim maktabining fizika fani о‘qituvchisi Ismayil Butayev, “Mehnat shuhrati ordeni” sovrindori, Qarshi shahridagi 22-umumiy о‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani о‘qituvchisi Aykumush  Ergasheva kabi  va yana qator e’zozli ustozlarimiz, о‘z kasbining mohir ustasi bо‘lgan о‘qituvchilar borligi bizni quvontiradi.

Yoshlar manfaatlari haqida sо‘z yuritganda, alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, viloyatimizda mavjud uchta oliy ta’lim muassasasi qatorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali, Shahrisabz shahrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari kabi yangi oliy о‘quv yurtlari hamda  О‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti ish boshladi. Albatta, bu ta’lim muassasalarida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy soxasini yanada rivojlantirishga, Vatanimiz taraqqiyoti va farovonligiga munosib hissa qо‘shadigan mutaxassislar yetishib chiqadi, degan umiddamiz.

 

Aziz dо‘stlar!

 

Yoshlarning sevimli sohasi – jismoniy tarbiya va sport yо‘nalishini olsak, birgina shu yilning о‘zida sportchilarimiz tomonidan О‘zbekiston chempionati va kuboklarida 468 ta, Xalqaro musobaqalarda (Osiyo va Jahon chempionatlarida) 18 ta bronza, kumush va oltin medallar qо‘lga kiritildi. Yoshlarimizga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida joriy yilda Qamashi tumanida bolalar-о‘smirlar sport maktabi uchun zamonaviy sport majmuasi, Qarshi shahridagi sobiq "Nasaf" о‘yingohi о‘rnida sport zal, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati uchun 200 о‘rinli yotoqxona binosi barpo etilmoqda. Shuningdek mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Yakkabog‘ tumani markazida yopiq turdagi suzish basseyni qad rostlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar! 

 

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan   5 ta muhim tashabbus ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarimizni mutlaqo yangi tizim asosida yо‘lga qо‘yishda muhim dastur bо‘layotganidan xabaringiz bor.

О‘tgan yili bor-yо‘g‘i 38 ta kitob dо‘koni mavjud bо‘lgani xolda, bu yilning о‘zida 100 dan oshiq yangi kitob dо‘konlari qurib  ishga tushirildi.

Kitobga, ilmu ziyoga ehtirom ramzi sifatida Qarshi  shahrida monument о‘rnatildi. 12 dona eng nodir asarlar tо‘plami aks etgan ushbu monumentda о‘ziga xos ramziy ma’no mujassam. Bu yerda buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Oripov, Sharof Rashidov kabi alloma va mutafakkirlar, el ardoqlagan taniqli shoir va yozuvchilar nomlari zikr etilganki, kishida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. Bundan tashqari “javonga” Balzak, Shekspir, Pushkin kabi jahon adabiyotining yetakchi namoyandalari ham kiritilgan.

Azizlar! 

Qadrli  bayram  tadbiri  ishtirokchilari!

 Darhaqiqat, mustaqillik, istiqlol degan ulug‘ saodat avvalo xalqimizga erkinlik va ozod hayotni bergan, insoniy sha’nimiz, milliy ongimiz, qadr-qimmatimizni tiklab, barchamizga о‘zligimizni anglash tuyg‘usini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyat va urf-odatlarimizni qaytarib bergan, Vatanimiz tarixida hech narsa bilan qiyoslab bо‘lmaydigan buyuk ne’matdir.

Fursatdan foydalanib,          Sizlarni,           barcha-barchangizni mana shu  eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz -  mamlakatimiz  mustaqilligining 28   yilligi  bilan  yana bir bor  qizg‘in  muborakbod etaman.   Yurtimiz  ravnaqi,   xalqimiz  farovonligi va  baxtu  saodati   yо‘lidagi  ezgu   ishlaringizga   ulkan  muvaffaqiyatlar   tilayman!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bо‘lsin!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Yangilandi: 2023-07-10