Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabrigacha mamlakatimiz hududida “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” о‘tkazilishi belgilangan. Bu borada Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

 

Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qarshi Xalqaro aeroporti DUKning avariya xizmati, Tez tibbiy yordam va boshqa dahldor xizmatlar hamkorligida о‘quv mashg‘uloti о‘tkazildi.

Dastlab о‘quv mashg‘ulotiga jalb qilingan tezkor xizmat xodimlari tomonidan tezkor yig‘in vaqtida belgilangan tartibda yetib kelishdi hamda shartli halokat davrida 36 nafar jabrlangan insonlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam berish jarayonlari qisqa vaqt ichida bajarildi.

Unda shartli avariya holatini tez va samarali bartaraf etish va shu kabi favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarga tо‘g‘ri harakatlanish kо‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Ta’kidlash о‘rinli ushbu mashqlar xodimlarni bilim va kо‘nikmalarini oshirish yо‘lida muhim omil bо‘ldi. Mashqda qiyin bо‘lsa, amalda oson degan gap borxalqimizda о‘tkazilgan amaliy mashqlar davomida yо‘l qо‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bо‘yicha kо‘rsatmalar berildi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati.

13-12-2019 |

Янгиликлар









Фото галерея