Mavsum boshidan bugunga qadar viloyatda 3585 fermer xо‘jaligi tomonidan davlatga 500 ming tonnadan kо‘proq g‘alla sotildi. Bu belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilganini anglatadi.

Ta’kidlash joiz, qish-bahor oylaridagi ob-havoning dehqonchilik uchun qulay kelishi, yog‘ingarchilikning mо‘l-kо‘lligi dehqonlarimizning ishiga yanada baraka bag‘ishladi. Xususan, boshoqli don ekinlari ham  yaxshi rivojlandi. Ayni paytda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan, oxirigacha yig‘ib olish dehqonu fermerlarimiz, soha mutasaddilari oldida turgan eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.

Shunga kо‘ra, viloyatda mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, shuningdek, joylardagi holatdan kelib chiqib, hududda 470 ta otryad shakllantirilib, ularga bir donadan zamonaviy о‘rim kombaynlari, bittadan kо‘chma ustaxona, yonilg‘i tashish vositalari, don tashish uchun 2847 dona tashish texnikalari (shundan 2054 dona yuk avtomobillari) biriktirildi. Bu о‘rim-yig‘im ishlarining yanada qisqa fursatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlab berdi.

Don xirmonini kutilganidan ham yuksalishida tun kun mehnat qilgan dehqonlar, suvchilar, mexanizatorlar, otryad rahbarlari va boshqalar mehnati e’tirof etilib, ular munosib rag‘batlantirilmoqda. Viloyat musiqali drama teatri yonida  tashkil etilgan tadbirda 931 nafar g‘alla mavsumida uyushqoqlik bilan faoliyat olib borgan otryad rahbarlarining xizmatlari e’tirof etilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir bahonasida konsert dasturi ham namoyish etildi. Vohamiz san’atkorlari о‘zlarining diltortar kuy-qо‘shiqlari va raqslari bilan tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev sо‘zga chiqdi.

 Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

12-07-2019 |

Янгиликлар









Фото галерея