Fuqaro murojaati

2020 yilning yanvar-mart oylarida viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash borasida maqsadli ishlar olib borilmoqda.

2020 yilning I choragida viloyat hokimligi, shahar va tumanlar hokimliklari tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil etildi.

Viloyat hokimligining 2020 yil I yarim yili uchun mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Qarshi va Gʻuzor tumanlari hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning ahvoli o‘rganildi.

2020 yilning I choragida viloyat hokimligi tizimi (shahar va tuman hokimliklari bilan qo‘shilgan holda)ga jami 20472 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, bu murojaatlarning 5557 tasi virtual qabulxona orqali bo‘lgan.

Bevosita hokimliklarga kelib tushgan murojaatlarning 6783 tasi og‘zaki, 4924 tasi yozma, 208 tasi elektron murojaatlarni tashkil etgan. Hisobot davrida viloyat hokimligiga bo‘lgan yozma murojaatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 taga kamaygan. Shu bilan birga og‘zaki va elektron murojaatlar 135 taga ko‘paygan.

Hisobot davrida viloyat, shahar va tuman hokimlari tomonidan 4357 nafar, o‘rinbosarlari tomonidan 5426 ta fuqarolar qabul qilingan. Fuqarolarning 1757 tasi bevosita hokimliklar idoralarida, 5726 tasi sayyor qabullarda va 2300 tasi Xalq qabulxonalarida qabul qilingan.

Bevosita hokimlik idoralariga kelib tushgan 14915 murojaatlarning 6338 tasi qanoatlantirilgan, 3597 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 75 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 89 tasi qonun talablariga asosan rad etilgan, 4316 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 5557 ta murojaatning 3076 tasi qanoatlantirilgan, 1036 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 28 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 17 tasi qonun talablariga asosan rad etilgan, 407 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda qonun talablarini buzgan 8 nafar Gʻuzor tumani hokimligining mas’ul xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilgan.

2020 yilning I choragida shahar va tumanlar hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarning 12559 ta murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, utgan yilning shu davriga nisbatan 1423 taga ko‘paygan. Jumladan, murojaatlar Qarshi tuman hokimligida 678 taga, Kasbi tuman hokimligida 234 taga, Qamashi tuman hokimligida 219 taga, Shahrisabz shahar hokimligida 193 taga, Koson tumani hokimligida 113 taga, Nishon tuman hokimligida 73 taga ko‘paygan.

Shahar va tumanlar hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini har doim ham qonun talablariga binoan adolatli ko‘rib chiqilishi ta’minlanmagan, hokimlar tomonidan nazorat ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmagan, joylarda muammolar o‘z vaqtida aniqlanmagan yoki ularni hal etish choralari ko‘rilmagan. Bu esa o‘z navbatida murojaatlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Hususan, viloyat hokimligiga eng ko‘p murojaatlar Qarshi shahri (437 ta yoki 18,5 foiz), Dehqonobod (265 ta yoki 11,2 foiz), Chiroqchi (214 ta yoki 9,1 foiz), Qarshi (212 ta yoki 9,0 foiz) va Gʻuzor (192 ta yoki 8,2 foiz) tumanlari aholisidan tushgan. Jumladan, shahar va tuman hokimliklari tomonidan virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 5195 ta murojaatlarning 76 tasi qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmagan. Ushbu qonun buzulishi holatlariga Kasbi tumani (12 ta)da, Qarshi tumani (8ta)da, Chiroqchi tumani (7ta)da va Shahrisabz shahri (6 ta)da yo‘l qo‘yilgan.

Masalan, Gʻuzor tumani hokimligida o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar murojaatlarni ko‘rib chiqishda tuman hokimligi mas’ul xodimlari va tashkilot rahbarlari tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi. Jumladan, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan 1 ta, tuman hokimining kapital qo‘rilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 5 ta, tuman hokimining qishloq va so‘v xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 1 ta va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2 ta murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzilgan. Masalan, Chuqurtma mahalla fuqarolar yig‘ini, Nurafshon qishlog‘idan X. Qarshiyevning oilaviy sharoiti og‘irligini e’tiborga olib ishga joylashtirish, “Farzabonu yulduzi” MChJ raisi O.Kazakovning yer maydoni bo‘yicha aniqlik kiritish, Halqabod qishlog‘idan Q.Alisherovning bo‘sh turgan binoni qonuniy xujjatlashtirish kabi murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari bir oydan o‘tkazib yuborilgan.

Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmasligi, hokimliklar va xududiy idoralarning rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan mavjud muammolarning yechimlarini topish yuzasidan ta’sirchan choralar ko‘rilmaganligi oqibatida hisobot davrida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan viloyat hokimligiga bo‘lgan murojaatlar soni bank kredit masalalari bo‘yicha 63 tadan 83 taga, tadbirkorlik masalalari 81 tadan 119 taga, qurilish masalalari 94 tadan 118 taga, xalq ta’limi masalalari 43 tadan 51 taga, mahallaga oid masalalar 70 tadan 104 taga, huquq-tartibot organlariga taalluqli masalalar 36 tadan 63 taga ko‘paygan.

Murojaatlarning aksariyati uy-joy va uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish, bepul uy-joy bilan ta’minlash, uy-joyini, yo‘llarni, va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik inshootlarni ta’mirlash, fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi olish, ishga joylashish, moddiy yordam va nafaqa olish, sog‘ligini tiklash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq murojaatlardir. Bevosita viloyat hokimligiga bo‘lgan murojaatlarning
282 tasini (12,0 foiz) ish, ish haqi va imtiyozlar, 335 tasini (14,2 foiz) moddiy yordam va nafaqa olish, 548 tasini (23,3 foiz) uy-joy, yer uchastkasi olish, uylarini ta’mirlash, 149 tasini (0,6 foiz) fermer xo‘jaligi masalalari bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etgan.

Mazkur toifadagi murojaatlarni kamaytirish maqsadida viloyatda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, arzon uy-joylar qurish hamda kam ta’minlangan oilalar va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratilmoqda.

2020 yilning I–choragida murojaatlar bilan ishlash tartibi, takroriy murojaatlar va ularning yechimlari borasida 1837 marotaba ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilingan. Jumladan, 555 marotaba televideniya va radioda, 206 marotaba gazeta va jurnallarda, 880 marotaba elektron OAVda va 196 marotaba hokimiyat veb-saytida chiqishlar qilingan. Hisobot davrida murojaatlar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirishlar olib borishga e’tibor qaratilgan.

Viloyatda murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borishni tizimli tashkil etish bo‘yicha alohida dastur asosida ish olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Aholining murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb va tizimli muammolarni hal etish, murojaatlar bilan ishlashning holati bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilib, natijalari bo‘yicha aholini xabardor qilib borish yo‘lga qo‘yilgan. 

Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi
Bosh mutaxassisi
E.Nazarov

Yangilandi: 2023-07-10