О‘tgan 2019 yil yakunida, 27 dekabr kuni muhtaram  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashdilar. Unda yoshlar siyosati bо‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.  Yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinib, bugungi kunda ularni qiynayotgan eng muhim masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga qator vazifalar qо‘yilgan edi.

Prezidentimiz tomonlaridan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash mavsadida viloyat hokimligi majlislar zalida yoshlar muammolarini о‘rganish, bartaraf etish va ularni jamiyatda о‘z о‘rinlarini topishiga kо‘maklashish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi sо‘z olib, endilikda viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari ish haftasining bir kunini “Yoshlar masalalarini yechish kuni” etib belgilash taklifini berdi.

- Yoshlar bilan ishlash tizimini an’anaga aylantirishimiz kerak, - deya ta’kidladi viloyat hokimi. – Bu tizimni an’anaga aylantira olsak, “Hokim va yoshlar” va “Sektor va yoshlar” uchrashuvlari ham doimiy yо‘lga qо‘yilishiga, yoshlarimizni bandligi va ijtimoiy muammolarini bartaraf etilishiga erishamiz.

Shuningdek, yig‘ilishda iqtidorli yoshlar rо‘yxatini shakllantirish, xatlov natijalariga kо‘ra, aniqlangan ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida dastur ishlab chiqish, har bir ishsiz yoshga tashkilot rahbarlari va deputatlarni biriktirish tizimini yaratish bо‘yicha ham viloyat hokimi tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berdi.

Ahror Sodiqov, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

03-02-2020 |
Foto galereya