Qarshi shahridagi “Yoshlar markazi”da viloyat hokimi Zoyir Mirzayev vohalik bir guruh ziyolilar va faol yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim ustuvor yо‘nalishlar va bu borada ijodkor ziyolilar, ilm-fan vakillari oldidan turgan vazifalar haqida sо‘z bordi.

Uchrashuvda о‘tgan yil davomida targ‘ibot tadbirlarida faol bо‘lgan bir guruh ziyolilar hokimlikning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, viloyat hokimi senator Abduraxim Erkayevni “Xalq sо‘zi” tahririyati tomonidan о‘tkazilgan tanlovda “2020 yil davomida OAV bilan eng faol ishlagan senator” yо‘nalishida 2-darajali diplom bilan taqdirlangani bilan ham tabrikladi.

Viloyat hokimi va ziyolilar uchrashuvi sо‘ngida viloyatimizdagi OTMlarda tahsil olayotgan 20 nafar talabaga Zoyir Mirzayev qariyb 86 million sо‘mlik sertifikatlar topshirdi.

Qayd etilishicha, ushbu sertifikatlar orqali talabalarning shartnoma pullari tо‘lab beriladi. Ushbu talabalarni tanlab olishda ularning oilaviy sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, boquvchisini yо‘qotganligi, nogironligi va "Temir daftar"da bor yoki yо‘qligi kabi mezonlarga tayanildi.

Bu kabi xayrli ishlar davomiy bо‘lishi, imtiyozga ega bо‘lgan talabalar kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan salohiyatli yoshlar bо‘lib yetishishi ta’kidlandi. 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

12-01-2021 |
Foto galereya