Assalomu alaykum, aziz vohadoshlar!

Bu yil Bosh Qomusimiz qabul qilinganiga roppa-rosa 28 yil tо‘ldi. О‘tgan vaqt mobaynida Konstitutsiyamiz har birimizning hayotimizga har bandida nazarda tutilgan erkinliklari, mohiyatida aks etgan qadr-qimmatimiz, mazmuniga singdirilgan baxtu iqbolimiz kafolati vazifasini sharaf bilan ado etib keldi. Shu sababli ham ushbu qutlug‘ sana umumxalq bayramlarimiz qatorida munosib e’zozlanib, yurtimizda yashayotgan har bir oila taqdirida muhim ahamiyatga ega va har bir fuqaro qalbidan muqim joy oldi.

Ushbu ulug‘ ayyom bilan Sizlarni va Siz orqali butun Qashqadaryo xalqini chin qalbimdan muborakbod etishga ijozat bergaysizlar.

Azizlar!

О‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning erkinlik sari uzoq yо‘ldagi izlanishlari natijasidir. Avvalambor, Konstitutsiyaviy binoni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilganini qayd etish о‘rinlidir.

Asosiy Qonunimiz qadimgi Xorazm va Sо‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, о‘zbek xonliklari, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi kо‘p asrli orzusini о‘zida mujassam etgan.

Kо‘hna zaminimiz odamlari kо‘nglida ustuvor bо‘lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanoblik, bag‘rikenglik, mardlik, tantilik kabi ulug‘ xislatlar Konstitusiyamizdan munosib о‘rin olgan.

Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz kо‘plab demokratik davlatlarda Konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini о‘zida mujassam etgan.

Yurtimizning asosiy Qonuni – Konstitutsiyamiz о‘tgan yillar davomida о‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, xalqimizning munosib hayot kechirishini, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashda huquqiy asos bо‘lib keldi.

Konstitutsiyamizda fuqarolarning, jinsi, irqi, millati, dini, tili, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha uchun teng bо‘lgan erkinliklari va huquqlari, davlat ijtimoiy-siyosiy qurilishining huquqiy, fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy tamoyillari oliy darajada о‘z ifodasini topgan. U inson hayoti va faoliyatini daxlsizlik tushunchasi bilan himoyalay oladigan muqaddas manbadir. Uning har bir bobi, har bir moddasida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimizning emin-erkin, hech bir tazyiq va tashqi ta’sirlarsiz, ozod va farovon yashashi tо‘la-tо‘kis kafolatlangan.

Azizlar!

Insonni e’zozlash, manfaatlarini himoyalash chinakam demokratik, adolatli davlatga xos xususiyatdir. Asosiy Qonunimizning 13-moddasida kо‘rsatib о‘tilganidek, О‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga kо‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi.

О‘tgan 28 yil davomida qanday imkoniyatlarni qо‘lga kiritgan bо‘lsak, bularning zaminida, tag-tomirida Konstitutsiyamiz – buyuk qomusimiz turgani, shubhasiz. Bugun qaysi sohani olmaylik, sanoat, qishloq xо‘jalik mahsulotlari yetishtirish bо‘ladimi, ijtimoiy hayotimiz yoki yangi-yangi qurilishlar, shahar va qishloqlarimizni obodonlashtirish bо‘ladimi - bularning hammasi inson uchun, shu yurtda, jumladan, vohamizda yashayotgan odamlar uchun amalga oshirilayapti. Yaratilgan imkoniyatlar tufayli bugun viloyatda aholi jon boshiga daromad 2,5 baravar oshdi. Qashqadaryo mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 50.foizdan ortig‘ini, neftning 60, paxtaning 13, g‘allaning 13,5 foizini bermoqda.

Yaqin 4 yil ichida 9238 ta xonadon gazlashtirildi, 187 ta qishloq toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Ayniqsa, yaqinda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning viloyatimizga tashrifi voha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega tashrif bо‘ldi. Davlatimiz rahbari xududni rivojlantirish, aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini rivojlantirish, qishloq xо‘jaligi, sanoat, tadbirkorlik kabi qator sohalarni izchil rivojlantirish maqsadida 36 trln.sо‘mga yaqin mablag‘ ajratgani Qashqadaryo tarixidagi eng ahamiyatli voqea bо‘ldi.

Yurtboshimiz ta’kidlagani kabi 2021 yil “Qashqadaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish yili” bо‘lib qoladi. Sababi, kichik biznes va tadbirkorlik  iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda jami 1153 ta loyiha uchun 7,4 trln.sо‘m mablag‘ о‘zlashtirilishi kо‘zda tutilgan. Bu loyihalar asosida о‘rtacha 14,6 ming ish о‘rni yaratiladi. Demak, shuncha odamning uyiga farovonlik, fayz, baraka kirib boradi.

Xuddi shu kabi, sanoatni rivojlantirish maqsadida 288 ta ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi va 7657 ta barqaror ish joylari paydo bо‘ladi. Shuningdek 26 ta kichik sanoat zonalar, jumladan 15 ta yoshlar uchun maxsus kichik iqtisodiy zonalar tashkil etiladi.

Viloyat bо‘yicha 2021 yilda 2 ta maktab yangidan quriladi, 71 ta maktablar rekonstruksiya qilinadi, 15 tasi kapital ta’mirlanadi.

Sog‘liqni saqlash tizimida: 2020-2021 yil yanvariga qadar aholini xatlovdan о‘tkazish, antropometrik о‘lchovlarni tashkillashtirish orqali aholining salomatlik holatini baholash va ularning elektron bazasini shakllantiriladi.

2021 yil yakuniga qadar aholi orasida sog‘lom turmush tarzini, jumladan tо‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va jismoniy faollikni ta’minlash maqsadida mahallalarda kechki sayr va ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishga tegishli sharoitlar yaratiladi va ommaviy tadbirlar tashkillashtiriladi;

Shuningdek, viloyatimizda qondagi qand miqdorini aniqlovchi glyukometr apparati va ekspress testlarni ishlab chiqaruvchi qо‘shma korxonani tashkil etiladi.

Kelayotgan  2021 yil noyabr oyiga qadar (Qarshi shahar tug‘ruq kompleksi, viloyat perinatal markazi, reproduktiv salomatlik markazi, viloyat skrining markazi) onalik va bolalikni muhofaza qilish klasteri tashkil etiladi.

Investitsiya dasturi doirasida viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi 11 ta tibbiyot muassasasida qurilish rekonstruksiya ishlari uchun Respublika byudjetidan 83 mlrd 400 mln sо‘m mablag‘ ajratiladi va ushbu muassasalar tо‘liq zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash kabi ishlar amalga oshiriladi.

Viloyatda Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar qamrovini joriy yil yakuniga 48,1 foizga, 2021 yilda 56,1 foizga, 2022 yilda 61,5 foizga yetkaziladi.

Viloyatning Dehqonobod, Mirishkor, Muborak, Qarshi, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Kasbi, G‘uzor, Koson tumanlarining har biriga, har 10 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga toza ichimlik suvi tashish uchun 1 tadan maxsus vodavoz ajratilishida amaliy yordam berish orqali davlat MTTlarini uzluksiz ravishda toza, sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi hamda sanitar-gigiyenik osoyishtalikka erishiladi.

“Imkon” dasturi doirasida reabilitatsiya markazlari bо‘lgan 150 о‘rinli kо‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti 2021 yilda foydalanishga topshiriladi.

2021 yil Investitsiya dasturida 15 ta obyektlarining qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlariga 64,1 mlrd sо‘m mablag‘ о‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 1 ta yangi qurilish, 14 ta rekonstruksiY. Ushbu obyektlar topshirilgandan keyin qо‘shimcha 1050 ta о‘rin yaratiladi.

Shuningdek, 400 о‘rinli 4 ta davlat-xususiy sherikchilik,  7500 quvvatga ega 200 ta oilaviy nodavlat, 100 о‘rinli 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mazkur ishlar amalga oshiriladi.

Qadrli dо‘stlar, ushbu sanab о‘tganlarim, birgina viloyatimiz miqyosida amalga oshiriladigan keng kо‘lamli  ishlardir. Endi bu kabi о‘zgarishlar, yangilanishlarni mamlakatimiz miqyosida tasavvur etsak, el farovonligi, mamlakat taraqqiyoti yо‘lidagi mardonavor odimlarimiz naqadar zalvorli ekanligi yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu taraqqiyot va farovonlikning huquqiy asosi, shubhasiz Bosh Qomusimizdir.

Hurmatli vohadoshlar!

Joriy yil butun dunyo ahli uchun g‘oyatda  tashvishli keldi. Global pandemiya dunyoning manaman degan davlatlarini ham sarosimaga solib qо‘ydi. Faqat, qonun ustuvor va xalqi hamjihat mamlakatlargina bu og‘ir, sinovli vaziyatlarda ortiqcha talofatlarsiz о‘tmoqda. Konstitusiyamizda kafolatlangan ijtimoiy himoya mexanizmi va davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi tufayli mamlakatimizda aholini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish, karantin sharoitida ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. “Saxovat va kо‘mak” umumxalq harakati doirasida aholining ehtiyojmand qatlami himoyaga olindi. Viloyatimizda ushbu harakat doirasida jami 92 167,3 mln.sо‘m mablag‘ tо‘plandi, 104 923 ta oilaga 87 677,3 mln.sо‘mlik moddiy-ma’naviy kо‘mak berildi.  Shuningdek, 297 963 nafar fuqaro “Temir daftar” ruyxatiga olindi, ularning 48 599 nafari bandligi ta’minlangani tufayli bugungi kunda bu daftardan chiqarildi. Bir sо‘z bilan aytganda, bu sinov davrida tizimli va aniq manzilli chora-tadbirlarda azaliy qadriyatlarimiz va qonunlarimiz asos bо‘lib xizmat qildi.

Aziz dо‘stlar!

Konstitutsiyamizni muqaddas hujjat, benazir huquqiy qadriyat sifatida asrash-avaylash, uning mazmun-mohiyatini tushunish, amaliy faoliyatda unga og‘ishmay rioya qilish, bayon etilgan barcha huquqlardan samarali foydalanish va burchlarni vijdonan mas’uliyat bilan bajarish, kelajak avlodga ulug‘ ne’mat sifatida yetkazish, u bilan faxrlanish har bir О‘zbekiston fuqarosi uchun sharafdir.

Bugungi shodiyona bilan yana bir bor muborakbod etib, Sizlarga sihat-salomatlik, baxtu-saodat va farovonlik, xonadonlaringizga fayzu-baraka, amalga oshirayotgan barcha bunyodkorlik xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar  tilaymiz!

 

Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi.

08-12-2020 |
Foto galereya