Koronavirus pandemiyasi davrida kо‘pchilikda qо‘rquv va havotir kuzatilmoqda. Shunday bо‘lsada, sinovli davrda tashabbus kо‘rsatib qо‘lidan kelganicha, imkoniyati doirasida extiyojmandlarga kо‘mak kо‘rsatayotgan insonlarga tashakkur aytaman.

Hozirgi vaqtda Koronavirus va u tufayli yuzaga kelgan qator cheklovlar natijasida ishi vaqtincha tо‘xtatilgan kunbay ishlovchi, muayyan daromad manbaiga ega bо‘lmagan oilalar, kam ta’minlangan - nochor oilalar, keksalarimizning ahvoli meni ancha tashvishga solib turgan edi. Ayni shu paytda, tashabbus bilan chiqayotgan tadbirkorlar, idora va tashkilotlar, imkoniyati borlarning extiyojmandlarga yordam qо‘lini chо‘zayotganliklari, holidan xabardor ekanliklari quvontiradi va ularga chuqur tashakkur aytaman.

 Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda ham xayrli ishlar keng yoritib borilmoqda. Bundan maqsad riyo emas, aynan xayrli ishlarni keng yoyilishini ta’minlash, о‘rnak kо‘rsatishdir. Men bilamanki, barcha imkoniyati yetarli insonlar qо‘shnisining holidan xabardor, qarindosh-urug‘ining ahvolini biladi. Va ular ham imkoniyati darajasida harakatda. Ana shunday sinovli davrda kо‘maklashayotganlar yurtimizning, viloyatimizning eng muhim kishilaridir.

Sinovli vaziyatda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan majburiyatlarni bajarish uchun barcha choralar kо‘rilmoqda. Olis hududlardagi dorixonalarda zarur dori-darmonlar, savdo dо‘konlarida muhim oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini ta’minlash ishlariga tegishli tashkilotlar safarbar etilgan. Barcha idora va tashkilotlarda 60 yoshdan oshganlar, homilador ayollar va uch yoshgacha farzandi bо‘lgan, surunkali kasalligi bor ishchi-xodimlarga mehnat ta’tili berildi. 62 ta maxsus guruhlarda harbiylar, 60 nafar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, 65 nafar ichki ishlar boshqarmasi, 30 nafar sanitariya mutaxassislari jalb etilib, viloyatning barcha tuman va shaharlari dezinfeksiyalash ishlari jadal olib borilmoqda.

Yashirmaymiz, viloyatimizda koronavirus tarqalishining oldini olish bizning eng muhim vazifamiz. Ana shu vazifani sidqidildan, kun-u tun jonini jabborga berib bajarilishida jonbozlik kо‘rsatayotgan soha vakillari shifokorlar, hamshiralar umuman sog‘liqni saqlash tizimidagi xodimlar, dezinfeksiyalash ishlariga safarbar etilgan askarlar, favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, milliy gvardiya, sanitar mutaxassislar va boshqalarning salmoqli ishlariga tasanno deymiz, ana shular milliy qahramonlarimizdir. Nasib qilsa, sinovli kunlar ohiriga yetsin deymiz va qilgan kо‘pdan kо‘p harakatlaringizni mukofotlash nasib etsin bizga.

Qadrli Qashqadaryoliklar yuqorida keltirilganidek, Sizning xavfsizligingizni ta’minlash uchun, kо‘plab insonlarning sabri, mehnati, salohiyati safarbar etilgan. Shunday vaqtda juda kо‘p narsa bizning hamjihatligimizda, belgilangan va joriy etilgan cheklovlarga rioya qilishimizga bog‘liq.

Karantin davrida bir-birimizni qо‘llab-quvvatlaylik! Koronavirusni yengish uchun о‘z vazifamizni astoydil bajarish barchamizning eng muhim vazifamizdir.

Zoyir Mirzayev, Qashqadaryo viloyati hokimi.

30-03-2020 |
Foto galereya