Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev «Xalq sо‘zi» va «Norodnoye slovo» gazetalari tomonidan e’lon qilingan 2020 yilda chop etilgan eng sara maqolalar tanlovida g‘olib chiqqan Oliy Majlis Senati a’zosi, Qarshi davlat universiteti о‘qituvchisi Abdurahim Erkayevga tahririyatning maxsus diplomi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

— Internet tezligi bizdan yuz karra yuqori bо‘lgan rivojlangan mamlakatlarda ham har 5 odamning birining qо‘lida kitob yoki gazeta kо‘rasiz, — dedi hokim sо‘zini davom ettirib. — Bu esa rivojlanish va taraqqiyotning bosh omili kitob va gazeta о‘qish bilan chambarchas bog‘liqligini kо‘rsatib turibdi. Majburiy obuna bu — gazeta о‘qimaslik kerak degani emas. Har bir xonadonga gazeta kirib borishi lozim. Har bir odamning dunyoqarishi keng, savodxon va ma’naviyatli bо‘lishiga erishsak, albatta, о‘z-о‘zidan ba’zi muammolarimiz ham barham topa boshlaydi. Ustozimiz, yirik olim va fan va ta’lim fidoyisi Abdurahim Erkayevdan bu borada yoshlarimiz qancha ibrat olsa arziydi.

Faxriddin Bozorov

13-01-2021 | Ta'lim | 993
Foto galereya