Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatiga katta e’tibor qaratilib, oxirgi yillarda sezilarli о‘zgarishlar rо‘y berdi. Muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvida – Yangi О‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bо‘ladi, – deya ta’kidlab, islohotlarning yangi davrida yoshlarni qiynayotgan eng muhim masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Shu maqsadda, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 11 yanvar kuni Qarshi shahridagi “О‘zbekneftgaz”  aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida yoshlar bilan uchrashuv о‘tkazdi. Yig‘ilishni videoselektor orqali Qarshi Davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Toshkent moliya instituti va Samarqand davlat universitetlari talabalari ham kuzatib bordi.

-  2020 yil Qashqadaryo yoshlari hayotida tub burilish yasaydigan yil bо‘lishida astoydil harakat kilish asosiy vazifamizdir. Bugungi uchrashuvimiz esa ana shu yо‘ldagi amaliy say-harakatlarimizdan biri bо‘lib xizmat qiladi degan umiddaman, - dedi viloyat rahbari.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashriflari davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirish yuzasidan qator yо‘nalishlar bо‘yicha berilgan topshiriqlarining amalda bajarilgan ishlar tahlil qilindi hamda 2020 yildagi ustuvor yо‘nalishlar bо‘yicha muhim vazifalar aytib о‘tildi.

- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni YAHMdagi ulushi 69,7 foizga yetkaziladi.

- Tumanlarni qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali 4 045 gektar intensiv bog‘lar, 8 377 gektar uzumzor va 2 000 gektar yong‘oqzorlar barpo etilib, 2607 gektar ekspertbop sabzavot va poliz ekinlari ekiladi.

- Qishloq xо‘jaligida jami 654,4 tonna meva-sabzavot va poliz yetishtiriladi.

- Meva-sabzavotlarni qayta ishlash yо‘nalishida 3 ta yangi korxonalari ishga tushuriladi, 2 ta korxonalar modernizatsiya qilinadi va 2 ta zamonaviy logistika markazlari quriladi.

- Eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda 17 ta investitsion loyihalar amalga oshiriladi.

- 23 ta maktablar, 16 ta sog‘liqni saqlash maskanlari, 4 ta bolalar sporti inshootlari, 36 ta maktabgacha ta’lim muassasalari yangidan quriladi, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti rekonstruksiya qilinadi.

- 1097,0 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 305 dona transformator punktlarida yangi qurish va rekonstruksiya ishlari, 68,4 km gaz quvurlarini yangidan tortish, 3,2 km gaz quvurlari kapital ta’mirlash va 1,6 km rekonstruksiya qilish, 5 ta gaz taqsimlash punktlarini mukammal ta’mirlash, 94 800 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari, 18 ta aholi punktlarida 92,5 mlrd.sо‘m mablag‘lar evaziga 161,8 km ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

- Aholini uy-joyga bо‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1700 ta uy-joylar quriladi.

- Qishloq xо‘jaligining barcha sohalari bо‘yicha jami qiymati 1 trln 117 mlrd.sо‘mlik 367 ta loyiha amalga oshiriladi.

- Sovutkich sig‘im tashkil qilish uchun jami qiymati 47,3 mlrd. sо‘mlik 14  ta loyihalar amalga oshiriladi.

- 138,1 ming gektar yer maydonida  9 ta paxta klasterlari tomonidan yetishtirilgan paxta hosili 86,4 foizi qayta ishlanadi.

- Modomiki, belgilab berilgan topshiriqlarni ijro etish uchun bizga zamonaviy fikrlaydigan, chet tillarini puxta о‘zlashtirgan yosh malakali mutaxassislar zarur. Shu kuni viloyatdagi eng yirik obyektlarga, qо‘shma korxonalarga, zavod , sog‘liqni saqlash  va ta’lim muassasalariga ekskursiya qilib, yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayonlarini о‘z kо‘zlaring bilan kо‘rib kelganlaring bejiz emas.

Viloyat rahbari yoshlar bilan samimiy suhbat qurgan uchrashuvda istiqbolli avlod о‘zlarini qiziqtirgan savol va fikr-mulohazalari yuzasidan sо‘zga chiqishdi. Maqsadlari aniq 100 nafarga yaqin oliy ta’lim dargohlari bitiruvchi kurs talabalariga ishga joylashuvi tо‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 

Yig‘ilish “Vatan himoyachilari kuni” arafasida о‘tkazilayotganligi munosabati bilan ishtirokchilarni qutlagan viloyat hokimi, vatanparvarlik faqat harbiy xizmatda yoki jang maydonida emas, balki, mana shu zaminda yashab turgan har bir inson о‘z uyi, mahallasini asrashi, о‘zining bor qobiliyatini, ilmu hunarini ona yurtining ravnaqi yо‘lida sarflashi ham vatanparvarlik namoyishi ekanligini targ‘ib qildi. О‘z vatanlarini dunyoga mashhuri zamon qilgan yuksak ilmli Abul-Muin-NASAFIY, Abdu-l-Hamid KESHIY, Abu-l-Barakot NASAFIY,  Ahmad FARG‘ONIY, Muhammad XORAZMIY, Imom BUXORIY, Imom TERMIZIY, Abulays SAMARQANDIY, Burhoniddin MARG‘INONIYlarning sadoqati, yurtiga muhabbatini ifoda etishda kо‘rsatgan ulkan meroslarini xotirladi.

 

13-01-2020 |
Foto galereya