Tanqidiy ruhda kechgan yig‘ilishda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, samarali jamoatchilik nazoratini о‘rnatishda biz sizga tayanamiz, Chiroqchining intellektual salohiyati juda yuqori. Lekin bu salohiyatdan hali unumli foydalana olmayapmiz. Bugun ushbu masalalarda о‘zaro fikrlashib olsak maqsadga muvofiq bо‘lardi”, dedi viloyat hokimi.

Yig‘ilish avvalida viloyat rahbari о‘z jamoasini - sektor rahbarlari hamda boshqaruv apparati xodimlarini ziyolilarga tanishtirdi.

Ziyolilar bilan uchrashuvda viloyat hokimi qat’iyat bilan "Chiroqchining havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlari bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos tarixi bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagi ham albatta bо‘ladi", deya ta’kidladi.

Birgina joriy yilning о‘zida chiroqchilik yoshlar dunyo sahnida Vatanimiz bayrog‘ini baland kо‘tarib, yurtga medallar shodasi bilan qaytishdi. Albatta, ularning yutug‘i zamirida ustozlar mehnati mujassam.

 

Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmati.

09-11-2019 |
Foto galereya