Yangi о‘quv yilining ikkinchi kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari uchun esda qolarli kun bо‘ldi. Ular bu kundan olgan taassurotlarini kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida dasturulamal qilib olsalar, ajab emas.
Sababi, viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev ishtirokida ularga hayotiy kо‘rinishdagi mahorat darsi о‘tkazildi. Viloyat hokimi talabalik davlarini eslab, yoshlar bilan materiallar qarshiligi va qurilishi mexanikasi fani bо‘yicha bilimlarini ham bо‘lishdi.
- Men ham Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi bо‘lganman, - deydi hokim. - Bu dargohda respublikada tan olingan, bilimli ustozlar dars berishgan va hozir ham shunday, deb bilaman. Oltin davringizning har bir daqiqasini qadrlab, faqat bilim oling, kitob о‘qing. Chunki, ertaga bu yerdan uchirma bо‘lib, qaysi dargohda borib ishlasangiz ham Sizga faqat va faqat ilmingiz yordam beradi.
Fanga kirish darsi, hayot darsiga aylanib ketdi. Hokim ertaga har qanday bо‘lajak muhandis va iqtisodchi uchun zarur bо‘ladigan kasbiy tajribalari haqida hayotiy misollar bilan tushuncha berdi. Izlanuvchan, о‘z ustida ishlay olgan kadrlarga ehtiyoj har qanday davrda ham dolzarb bо‘lishini, alohida ta’kidlab о‘tdi.
Viloyat hokimi О‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi qabul qilingan kun arafasida talabalar bilan yana uchrashadigan, faqat bu vaqt ichida konstitusiyamiz va о‘zlari sevgan 3 ta badiiy kitobni о‘qib, mag‘zini aytib bera oladigan darajada bо‘lsa, planshet bilan taqdirlaydigan bо‘ldi.
Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.
Foto: Murodjon Komilov.