9 yanvar kuni О‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda О‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari vakillari viloyatimizga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev elchilar bilan  uchrashdi. Mazkur tashrifdan kо‘zlangan maqsad hamda tadbir dasturi bilan mehmonlarni tanishtirdi.

Shundan sо‘ng, chet el diplomatlari Qashqadaryodagi Abu Mо‘yin Nasafiy ziyoratgohi, Davlat xizmatlari agentligi, IT-texnopark, “Yoshlar markazi” va boshqa diqqatga sazovor joylarda amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishishdi.

Elchi va maslahatchilar Qarshi shahridagi “Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi”da viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan о‘zaro manfaatli hamkorlikni yо‘lga qо‘yish borasida muzokaralar о‘tkazishdi.

Shu kuni "Taraqqiyot sari Servis" MJChda eksportbop qishloq xо‘jaligi mahsulotlari kо‘rgazmasi tashkil etilib, tadbirkorlar bilan xalqaro hamkorlik qilish bо‘yicha muloqot qilindi.

Tashrif sо‘nggida tashkillangan madaniy dasturda namoyish etilgan turli millat vakillari milliyligini aks ettiruvchi chiqishlar, mumtoz va an’anaviy kuy-qо‘shiqlar mehmonlar kayfiyatini yanada kо‘tarinki bо‘lishiga xizmat qildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

12-01-2021 | Ijtimoiy | 1050
Foto galereya