Joriy yilning 30 iyul kuni Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedov nomli viloyat musiqali drama teatrida О‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar media markazi” hamda “Mening yurtim” telekanali hamkorligida о‘tkazilgan “Yulduzcha” va “Men yulduzman” televizion vokal shoularining ilk saralash bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.

Ma’lumot о‘rnida, “Yulduzcha” televizion shousida 6 yoshdan 15 yoshgacha bо‘lgan 52 nafar iqtidorli о‘g‘il-qizlar, “Men yulduzman” televizion shousida esa, 16 yoshdan 25 yoshgacha bо‘lgan 47 nafar  iste’dodli yigit-qizlar an’anaviy, akademik hamda estrada ijrochiligi yо‘nalishlarida о‘z mahoratlarini sinovdan о‘tkazishgan edi.

Kastingdan viloyatimizdan 10 nafar iqtidorli yoshlar saralab olindi va ularga joriy yilning sentabr oyida Toshkent shahrida о‘tkaziladigan keyingi bosqichga yо‘llanma berildi.

Vohadoshlarimizga keyingi bosqichda ham omadlar yor bо‘lsin!

Quyida ushbu kasting g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:

Qashqadaryo viloyat hokimi axborot xizmati.

16-08-2019 |
Foto galereya