Mirishkor tumanining Yangiobod qishlog‘idagi 15-о‘rta maktab qoshida О‘zMTDP tuman kengashi tashabbusi bilan mahalla kutubxonasi tashkil qilindi.

- Joriy yil boshida partiyamiz tomonidan Mirishkor tumanidagi axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, kitob dо‘konlari  faoliyati о‘rganilib, ahvol qoniqarsiz ekanligi qayd etilgan edi, - deydi О‘zMTDP viloyat kengashi matbuot kotibi Shahnoza Qahhorzoda. - Shundan sо‘ng, ushbu masala partiyaning tuman kengashi tashabbusi bilan xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritilib, bu borada tegishli qaror qabul qilingandi. Yangiobod qishlog‘ida mahalla kutubxonasining tashkil etilishi ushbu qaror ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarning biridir.

Kutubxonada kitobxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu esa aholi, ayniqsa, yoshlarning kitob mutolaasiga bо‘lgan ishtiyoqi oshishiga xizmat qiladi.

Gulnoza XOLMURODOVA, О‘zMTDP faoli

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

07-06-2019 |
Foto galereya