31 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bо‘lib о‘tdi. Sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputlari Yakkabog‘ tumani kengashining deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.Unda tashkiliy masala kо‘rildi.
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xо‘jalik masalalari bо‘yicha о‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Safarov Abdirasul Eshtemirovich Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev ishtirok etib, nutq sо‘zlagan.
Safarov Abdirasul Eshtemirovich 1965 yil 15 fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati