Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Rо‘ziyev 27,28,29,30 iyul kunlari Yakkabog‘ tumanida bо‘lib, «Eski Yakkabog‘» qо‘rg‘onchasida tadbirkorlar bilan uchrashib, fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul о‘tkazmoqda.
«Eski Yakkabog‘»da 15 mingdan ziyod kishi istiqomat qiladi. Bu yerda 3ta - «Eski Yakkabog‘», «Mustaqillik» va «Ibn Sino» mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud. Hududda 1ta bolalar oromgohi, 3ta maktab, 1ta ixtisoslashtirilgan maktab internat, 2-sonli tuman markaziy shifoxonasi, tuman veterinariya bо‘limi, 1ta maktabgacha ta’lim muassasasi, «Eski Yakkabog‘» OXJ bozori, oilaviy poliklinika va boshqa tashkilotlar mavjud. 170dan ziyod savdo, maishiy xizmat kо‘rsatish shoxobchasi va kommunikatsiya tizimlarida 220 nafardan ziyod tadbirkor faoliyat yuritmoqda.
Yakkabog‘ ulkan qurilish maydoniga aylangan, bir tarafda yо‘lsozlar yо‘llarni kengaytirib, tekislab, asfaltlashga tayyorlashmoqda, bir tarafda elektromontyorlar yog‘och simyog‘ochlarni betoniga almashtirib, yangi sim tortmoqda. Bir tarafda kо‘priklar tuzatilib, ariqlar kavlansa, bir tarafda ustalar kо‘cha yuzidagi uylarni ta’mirlashmoqda.
«Eski Yakkabog‘», «Mustaqillik» va «Ibn Sino» mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashayotgan xonadonlar belgilangan tartibda suyultirilgan gaz balonlari bilan ta’minlanmoqda.
«Eski Yakkabog‘», «Mustaqillik» va «Ibn Sino» mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolari tibbiy kо‘rikdan о‘tkazilmoqda.
Suratlarni Murod Komilov olgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.