Qashqadaryo viloyat hokimligi tashabbusi hamda tegishli viloyat tashkilotlari hamkorligida eski Yakkabog‘ qо‘rg‘onchasida bayram tadbiri о‘tkazildi.

Unda 4000 mingdan ortiq nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar, yoshlar, viloyat va tuman tashkilotlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi о‘rinbosari, О‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi.

Mazkur bayram tadbiri avvalida viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev sо‘zga chiqib, yurtimizda bо‘layotgan islohotlar mazmunida xalqning farovonligi eng ustuvor vazifa ekanligini, bayram tadbiridan esa yakkabog‘liklarga, qolaversa, butun Qashqadaryo xalqiga, xalqchil va xalq ardog‘idagi san’atkorning taronalari bilan quvonch ulashish, madaniy ozuqa berish kо‘zlanganligini ta’kidladi.

E’tiborlisi, viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev, O`zLiDeP viloyat Kengashi raisi Shuhrat Tursunov va bir qancha viloyat tashkilot rahbarlari xalqdan ajralmadilar, ular bilan bir qatorda shod – hurram qarsak chalib, tantanaga о‘zgacha fayz ulashdilar.

Ma’lumot о‘rnida, tantanada O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi vakillari ham faol qatnashib, о‘z dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ibot qildilar.

Tulqin TURDIYEV, O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Matbuot kotibi.

09-09-2019 |
Foto galereya