Innovatsion rivojlanish vazirligi, О‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va "Buyuk kelajak" xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bо‘yicha "Taraqqiyot" respublika tanlovi о‘tkazildi va bugun https://taraqqiyot-tanlov.uz saytida uning final bosqichi natijalari e’lon qilindi.

Istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlab olish bо‘yicha respublimizda о‘tkazilayotgan “Taraqqiyot” tanloviga Qashqadaryo viloyatidan 586 ta nomzod rо‘yxatga olindi. Mazkur tanlovga 16 ta yо‘nalishda jami 8335 ta anketa kelib tushgan.

TANLOV G‘OLIBLARI ORASIDA 2 NAFAR QASHQADARYOLIK  YOSH RAHBARLAR HAM BOR.

Xususan, "Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi " nominatsiyasi buyicha Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga kо‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bо‘yicha о‘rinbosari kotibiyati mudiri Yokubov Tuychi Abduraxmonovich  83,50  natija bilan 3 о‘rinni qо‘lga kiritib, g‘olib bо‘ldi.

"Madaniyat, san’at va sport sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi " nominatsiyasi buyicha  viloyat ixtisoslashtirilgan suv sport turlari bolalar - о‘smirlar sport maktabi direktori  Mamadaliyev Zafarjon Safaraliyevich 77,85  natija bilan 3 о‘rinni qо‘lga kiritib, g‘olib bо‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yilning 30 may kuni e’lon qilingan “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori asosida о‘tkazilayotgan mazkur tanlov har uch yilda tashkil etilishi belgilangan.
         

Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti tо‘lanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi;

tanlov g‘oliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida о‘tkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka о‘tashni о‘z ichiga oladigan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bо‘yicha Prezident dasturi»ga muvofiq uch oylik kurslarda о‘qiydilar;

tanlov g‘oliblari «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bо‘yicha Prezident dasturi»ga muvofiq uch oylik kurslarni о‘tagandan keyin tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

                                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati.

 

 

17-07-2019 |
Foto galereya