Jamiyat sog‘ligini saqlash xar bir demokratik, ijtimoiy yunaltirilgan davlat uchun strategik vazifadir. Bu borada sо‘ngi yillarda bir qator qonunlar va Prezident farmonlari qabul qilingandan sо‘ng amalga oshirilgan keng qо‘lamli  islohotlar fuqarolarning zamonaviy tibbiy xizmatlardan, dori darmonlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, tibbiy yordam sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qelib kelmoqda.

Aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy-sanitar yordam kо‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim о‘rin tutadi. Ilgari xalq tabobatiga munosib e’tibor kо‘rsatilmagan desak mubolag‘a bulmaydi. Muxtaram Prezidentimizning “О‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi PF №3968 qarori xalq tabobatini tizimli ravishda faoliyatini yulga quyishga qaratilgan qaror bо‘ldi. Xalq tabobati zamonaviy ilmiy tibbiyotni о‘ziga xos ravishda tо‘plangan asriy tajriba bilan tо‘ldiradi. Turli kasalliklarni oldini olishda, sog‘lom turmush tarzini va ovqatlanish madaniyatini rivojlantirishda, insonni tabiat bilan yaqinlashtirishga, tabiat ne’matlaridan tо‘g‘ri foydalanishga о‘rgatadi. Koronavirus pandemiyasi qaysi mamlakatda xalq tabobati madaniyati, sog‘lom turmush tarzi yuqori bо‘lsa, о‘sha mamlakatda keng tarqalmadi, yoki nisbatan tez bartaraf etildi. Shu sababdan xalq tabobatining kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qо‘yish va davolash bо‘yicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot amaliyotiga jadal integratsiyalash, fuqarolar salomatligini yanada mustahkamlash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini о‘tkazish tizimini yо‘lga qо‘yish maqsadida 10 aprel 2020 yilda  aloxida yana bir Prezidentimiz “О‘zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” qaror qabul qildilar.

Qarorda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014-2023 yillarga mо‘ljallangan strategiya amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilingan hamda bizning bu boradagi strategik maqsadlarimiz tо‘liq aks ettirilgan. Ushbu strategiya ikkita maqsadini kо‘zlaydi: birinchisi Respublikamizda xalq tabobati rivojlantirishni qо‘llab-quvvatlash uchun munosib sharoitlar yaratib berish, ikkinchisi - xalq tabobati bilan shug‘ulanayotgan  tabiblarning maxsulotlari, amaliyotlari va faoliyatini tartibga solish orqali axolini samarali va xavfsiz an’anaviy tibbiyot xizmati bilan ta’minlashdir.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlarini jalb qilgan holda, О‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-2025 yillarda О‘zbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasini maqsadli kо‘rsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar bо‘yicha “Yо‘l xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasi tayerlanishi kо‘zda tutilgan.

Aytish lozimki, taklif etilayotgan chora-tadbirlar Prezidentning 2018 yil 7 dekabrdagi PF–5590-son Farmoni bilan tasdiqlangan va hozirda amalga oshirilayotgan 2019-2025 yillarda О‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi saqlanib qolgan. Shuningdek Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalq tabobati sohasidagi 2014-2023 yillarga mо‘ljallangan strategiyasida nazarda tutilgan tavsiyalar va takliflarni amalda bajarish xamda Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xalq tabobatini rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribasini chuqur о‘rganib kerakli tavsiyalar berish kо‘zda tutilgan.

О‘zbek xalq tabobatining tarixiy an’analari va о‘ziga xos merosidan foydalangan holda, ilmiy tadqiqotlarni keng qо‘llash xamda kadrlarni tayerlash tizimini yaratish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va xududlarda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida yuridik shaxs maqomiga ega bо‘lmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari tashkil etiladi. Xududiy markazlarni Davlat byudjet manbalardan tashqari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyashtirishi belgilab berilgan.

Kо‘rinib turibdiki, Prezidentimizning mazkur qarori ham xalq salomatligi yо‘lidagi yana bir g‘amxо‘rlik bо‘lishi qatorida milliy tarixiy merosimizni (bu yerda sog‘liqni saqlash borasidagi merosimizni) tiklash va xalq manfaatlariga xizmat qildirish borasida navbatdagi muhim qadamdir.

 

Oliy Majlis Senati a’zolari:

Fozilov Xurshid Gayratovich     

Irkayev Abdurahim Panjiyevich

14-04-2020 |
Foto galereya