Sessiya kun tartibiga "Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzod tavsiya etish" masalasi kiritilib, deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Bazarov Orifjan Shadiyevich nomzodi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, sessiya ishida shu kungacha Markaziy saylov komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Esanbay Rajabovning o‘z arizasiga ko‘ra vakolatini zimmasidan soqit qilish masalasi ham xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

02-02-2021 |
Foto galereya