Chiroqchi tuman hokimligi majlislar zalida  Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bо‘lib о‘tdi.

Sessiya ishida hukumat va viloyat rahbarlari, viloyat hokimligi mutasaddilari, deputatlar hamda bir guruh faollar qatnashdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda о‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masala kо‘rildi.

Shu kungacha viloyat hokimining birinchi о‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Xurram  Djо‘rayev Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayev sо‘zga chiqib, tuman aholisini qiynayotgan ayrim muammolarga ham tо‘xtalib о‘tdi. Ularni о‘z vaqtida bartaraf etish bо‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Ahror Sodiqov, Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

28-10-2019 |
Foto galereya