Joriy yilning aprel oyi oxiri va may oyining boshlarida Kitob tumani “Kuxsor” MFYga qarashli Denovbola qishlog‘ining shahar markazi bilan bog‘lovchi ichki yо‘l “Palandara–Javuz–Denovbola” avtomobil yо‘lining 39 km.da Denovbola yо‘nalishi bо‘yicha yо‘lning chap tomonida Jinnidaryo о‘zanining chap qirg‘og‘ida “Otboqar” soyining boshlanish qismidan uzunligi 300 metr, eni 60 metr, uzulish chuqurligi 14 metr taxminiy 252 ming m3 hajmga teng bо‘lgan ikkilamchi oquvchi kо‘chki hosil bо‘lgan. Natijada Denovbola qishlog‘ining shahar markazi bilan bog‘lovchi avtomobil yо‘lining 50 metr qismini kо‘chki massasi qoplab qolgan. Shu munosabat bilan kо‘chki massasi qoplab qolgan yо‘lda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda maxsus texnikalar bilan bugungi kunda 80 metr qо‘shimcha aylanma yо‘l qurish ishlari davom ettirildi (hozirgi kunda jami 3000 metr, reja bо‘yicha ham 3000 metr) hamda (yо‘lni ochish uchun 300 m3 tuproq ) ishlari tо‘liq bajarildi. Faqatgina ochilgan yо‘llarda ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ushbu aylanma yо‘l qurish tadbirlarini amalga oshirishda Joriy yilning 31 may kuni holatida, viloyat FVB boshlig‘ining о‘rinbosari 9 nafar qutqaruvchi va 2 ta texnika, viloyat FVB YOXBdan 4 nafar xodim,  Shahrisabz kо‘chkini kuzatish stansiyasidan 2 ta texnika  3 nafar, Avtomobil yо‘llardan muntazam foydalanish boshqarmasidan 1 ta ekskovator, 6 nafar, “Oqsuv” irrigatsiya tizimlari bо‘limidan 1 ta ekskovator 2 nafar, “Xisor geologiya” UKdan 1 ta buldozer 3 nafar va О‘rmon xо‘jaligidan 1 ta yoqilg‘i tashish texnikasi 3 nafar hamda Jovuz, Motmon, Denovbola, Aspiduxtar va Shut qishloqlaridan  160 ga yaqin mahalliy aholi jami 200 kishi va  8 ta texnika jalb etilgan.

                            Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar  boshqarmasi

 

01-06-2019 |
Foto galereya