Qashqadaryo viloyati prokuraturasining tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “О‘zbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatida bо‘sh ish о‘rinlari yarmarkasi о‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yangi ish о‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yо‘nalishi ekani ta’kidlandi.

Mehnat yarmarkasida 7 ta tumandan 150 ta korxona, tashkilot va muassasalar 2 mingga yaqin bо‘sh ish о‘rinlari bilan qatnashdi. Shuningdek, yarmarkada viloyat Markaziy banki va bank filiallari vakillari tomonidan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish bо‘yicha zarur maslahatlar berildi. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi xodimlari esa tadbirkorlik borasidagi soliq imtiyozlari bо‘yicha ma’lumot berib о‘tishdi. Mehnat yarmarkasida 128 nafar yoshga ishga yо‘llanma berildi, 26 ishtirokchi mahoratini oshirish uchun kasbga о‘qitish kurslariga jalb qilindi.

Yarmarkada viloyat sektor rahbarlari ishtirok etdi. Sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, ishga qabul qilinish yо‘llanmalarni topshirdi. Ularni muqim daromad manbaiga ega bо‘lganliklari bilan samimiy tabrikladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Foto galereya