Hademay, bahor keladi. Ayyomlar boshlanadi. Kecha-kunduz tenglashgan kunda yurtimizga “Navrо‘z” kirib keladi.
Xabardorsiz, viloyatimizda yangi yil bayrami о‘zgacha shukuhda nishonlandi. Bayramga monand barcha manzillar dekorativ bezatildi. Baland archalar о‘rnatildi. Yuqori saviyada tantanalar о‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, tadbirlar chuqur rejalashtirildi, kengashildi va mushohadalar ortida amalga oshirildi.
Yangi yil bayramidagi dekoratsiyalardan biri
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qarshi shahrida nishonlanadigan Navrо‘z umumxalq bayrami tadbirlari rejalarini ishlab chiqish yuzasidan mutasaddilar hamroxligida shaharni yana bir bor kо‘zdan kechirdi.
Viloyat hokimi va mutasaddilar
Dastlab, Qarshi shahrining Markaziy istirohat bog‘idagi Amfiteatr bilan tanishgan rahbar tomoshagoxni navrо‘zning ruhi kelib turadigan etib bezatilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, istirohat bog‘i atrofini keng kо‘lamda obodonlashtirish-kо‘kalamzorlashtirish hamda mas’ullarga о‘tkaziladigan madaniy-ma’naviy tadbirlar rejasini kechiktirmay ishlab chiqish vazifalari topshirildi.
Qarshi shahridagi Amfiteatr maydoni
Bayram shodiyonalari nishonlanishi rejalashtirilgan manzillarni avtobusda yurib kо‘zdan kechirgan viloyat rahbari yо‘l davomida mutasaddilar bilan muloqot qildi.
Viloyat hokimining mutasaddilar bilan suhbat jarayoni
Shahar navrо‘z kunlarida bayramning urf odatlarini, qadriyatlarini ifoda etadigan kо‘rinishda bо‘lishini ta’minlash, keng kо‘lamli obodonchilik va kо‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratish, amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bо‘yicha topshiriqlarni berdi.
Shu bilan birga, Zoyir Mirzayev Qarshi shahar hokimining taklifi bilan “Shuhrat” qо‘rg‘oni hududini ham kо‘zdan kechirdi. Bu maskan nomiga monand holatga keltirilishini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Aytib о‘tish joiz, rahbar ancha yillar e’tibor qaratilmagan qо‘rg‘on muzeyi bilan tanishish chog‘ida mavjud sur’atlar va stendlarni birma bir tomosha qildi. Tasviriy san’atdan xabardor rahbar qarovsiz muzeyda ahamiyatga molik stend va sur’atlar borligini ta’kidlab, muzey holatini yaxshilash va ta’mirlash bо‘yicha zarur chora-tadbirlar kо‘rilishiga e’tibor qaratdi.
"Shuhrat" qо‘rg‘oni kirish yо‘lagi
"Shuhrat" qо‘rg‘oniga kirish qismi
"Shuhrat" qо‘rg‘oni
"Shuhrat" qо‘rg‘oni qarovsiz muzeyi kirish qismi
"Shuhrat" qо‘rg‘oni qarovsiz muzeyi
"Shuhrat" qо‘rg‘oni qarovsiz muzeyi
"Shuhrat" qо‘rg‘oni qarovsiz muzeyi
E’tirof etish kerak, rahbar avtobusda Qarshi shahar hokimi, boshqarma boshliqlari va mutaxassislar bilan yuzma yuz suhbat qilib, ulardan takliflar sо‘radi, fikrlarini tingladi, dо‘stona muloqot davomida viloyat hokimi bugungi berilgan topshiriqlar ijrosi yana muhokama qilinishini alohida ta’kidlab о‘tdi.
Xulosa о‘rnida aytish joiz, ana shunday о‘ziga xos an’ana - ochiq suhbat, fikrlar almashinuvi mutasaddilarga yanada samarali, mas’uliyatli ishlashga turtki bо‘lishi bilan ahamiyati yuqoridir.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati