Tatar qishlog‘i о‘nga yaqin kichik-kichik qishloqchalarga bо‘linib ketgan. Tog‘ yon bag‘rida joylashgan Tatar tabiati musaffo tog‘ havosi, tog‘dan oqib tushuvchi zilol suvi bilan ahamiyatlidir. Kishilari bir-biri bilan inoq, sodda va hazil-mutoyibaga boy odamlar, yoshlari qiziquvchan, sо‘zamol, zehni о‘tkir yigit-qizlar ekan. Bir sо‘z bilan ifodalaydigan bо‘lsak Tatar tabiati ham, odamlari ham kishida ajoyib taasurot qoldiradi. Ana shu xushtabiat oshyonda Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat sektorlari hamda idora rahbarlari, mutasaddi xodimlaridan iborat jamoa mehmon bо‘ldi.
Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat sektorlari hamda idora rahbarlari, mutasaddi xodimlaridan iborat jamoa
Tashrif keksalar holidan xabar olish, nuroniylar bilan dildan suhbatlashishdan boshlandi.
Viloyat rahbarlari va "Tatar" QFY nuroniylari
Tashrif munosabati bilan qishloq xо‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalari ham tashkil etildi. Rahbarlar kо‘rgazmani borib kо‘zdan kechirdi.
– Bugungi shodiyona munosabati bilan tashkil etilgan yarmarkada sotilayotgan oziq-ovqatlar narxi bozorga va boshqa savdo markazlariga nisbatan arzon ekan. Bizga yaratilayotgan bunday qulayliklar uchun yarmarka tashkilotchilariga о‘z minnatdorligimni bildiraman – deydi xaridorlardan biri.
Quvonarlisi, hudud ziyolilari, yoshlari uchun Tatar qishlog‘ida ham “Xalq kutubxonasi” faoliyati yо‘lga qо‘yildi.
- Yoshlarimiz kutubxonadan kitob olib mutolaa qilganda, bilimi ortidan ilm dargohlariga kirib, jamiyatda о‘z о‘rniga ega bо‘lganida mana shu ezgu ishni yodga olishadi, - deydi kutubxona mudiraligiga tayinlangan о‘qituvchi. – Yoshlar uchun imkoniyat yaratadigan, ilm olish yaratadigan, ilm olishiga chorlaydigan insonlarni eng fazilatli odamlar deb bilaman.
Keksalarga kо‘tarinki kayfiyat ulashgan viloyat rahbarlari mutasaddilar hamrohligida qishloq xotin-qizlari о‘rtasida “Erta turmushning salbiy oqibatlari” hamda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan xotin qizlarning jamiyatdagi о‘rnini mustahkamlashga qaratilayotgan keng imkoniyatlar negizida suhbat qurildi.
Suhbat jarayoni
Suhbat davomida ijtimoiy himoyaga muxtoj oila farzandlariga kiyim-kechaklar tarqatildi.
Sektor rahbarlarining beg‘araz tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muxtoj 50 nafardan ortiq bolalarga kiyim-kechaklar topshirildi
Alohida ahamiyatlisi viloyat rahbari qishloq ahli bilan yonma yon vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi milliy kinofilmni ham tomosha qildi. San’atga ulkan qiziqishi bor rahbar rassomlar ijodi bilan ham tanishdi. Ularning ijodlari bо‘yicha о‘z mulohaza va takliflarini bildirdi. Shuningdek, harbiy palatkada о‘tkazilgan “Qо‘mondon va yoshlar” uchrashuvi ham kun kayfiyatiga hamohang bо‘ldi. Hokim va Qо‘mondon bilan suhbatlashgan yoshlar, vatanparvarlik, ona yurt himoyasi, tarixi bо‘yicha samimiy fikr almashishdi. Harbiy kо‘rgazmada namoyish etilgan texnikalar va qurol aslahalar yoshlarda harbiy xizmatga qiziqish va intilishni kuchaytirishda yana bir dastak bо‘ldi.
Viloyat hokimi va Qо‘mondonning yoshlar bilan uchrashuvidan
Shundan sо‘ng, viloyat hokimi idoralar rahbarlari bilan xonadonma xonadon yurib, sovuq kunlarda qishloq aholisiga iliqlik ulashdi.
- Tog‘da yashashning ham о‘z gashti bor, - deydi nevarasini choponiga о‘rab dukondan qaytayotgan Abray bobo. - Qish oylarini aytmasa, boshqa fasllarda bu joylar jannat joylar!
Sayyor uchrashuvlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga beg‘araz yordam kо‘rsatildi. E’tirof etish kerak, urush faxriysining kо‘chasida 1941-1945 yillar xotirasi aks ettirildi.
Urush faxriysining kо‘chasi
Hududdagi maktablar shart-sharoitlari bilan ham tanishildi.
Maktablar shart-sharoiti bilan ham tanishildi
Uchrashuvlarda aholi tomonidan bildirilgan muammolar bartaraf etilishi bо‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Qabul davomida "Nov" qishlog‘i aholisi tomonidan bildirilgan nosoz kо‘prik ta’mirlanib, zamonaviy kо‘rinishda foydalanishga topshiriladigan bо‘ldi. Shu bilan birga extiyoji mavjud fuqarolarga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi. Viloyat va tuman markazidan kelgan malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy kо‘riklar ham о‘tkazildi.
Extiyoji bor oilalar uchun keltirilgan gaz ballonlari
Kech tushishiga yaqin tadbir yana 68-sonli maktabning keng maydoniga qaytdi. Kun davomida tashkil qilingan harbiy, rassomchilik, milliy hunarmandchilik kо‘rgazmalari, tibbiy kо‘rik va yarmarkalar о‘z о‘rnini madaniy tadbirga bо‘shatib berdi. Bir tomonda shoirlar, laparchilar, qо‘shiq navochilari uchun sahnalar qurildi. Maydon markazlariga gulhanlar о‘rnatildi. Bu esa kun qoraygach ancha vaqtga tatigulik shodiyona bо‘lishidan darak berdi. Uzoq yaqindan xabarini olgan mingdan ortiq qishloq ahli bir maydonga tо‘plandi.
Madaniy tadbirdan lavhalar
Harbiy orkestr ishtirokida konsert dasturi shubhasiz, a’lo bо‘ldi. Mardonavor qо‘shiqlar, sahnalashtirilgan qо‘l jangi kо‘rinishlari, harbiy saflar yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini yana bir karra yuksaltirdi. Viloyatimizning mashhur xonandalari tomonidan kuylangan shо‘x qо‘y –qо‘shiqlar esa barchani raqsga chorladi. Shu bilan birga konsert davomida munosib maktab direktorlari ham taqdirlandi.
Konsert dasturi milliy laparlar, mushoiralarga ulanib ketdi. Laparlar, gitara sadosidagi jonli qо‘shiqlar gulxan atrofiga jam bо‘lib, miriqib tinglandi. She’riyatga oshno insonlar tomonidan jaranglagan, ayniqsa xalq shoiri Abdulla Oripovning musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turgan she’rlari kechaga о‘zgacha tus berdi.
Madaniy tadbirdan lavhalar
Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh qismida joylashgan Sarchashmadan sо‘ng, navbatdagi manzil Tatar qishlog‘i ham olam-olam taasurotlar va ezgu amallarga boy bо‘ldi.
Murod Komilov olgan sur’atlar.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati