Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bо‘limi hamda О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi hamkorligida О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi.

Tadbirda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kitoblar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Harbiylar tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qо‘shiqlar va kо‘rgazmali chiqishlar yoshlar qalbida katta taassurot uyg‘otdi.

10-01-2020 |
Foto galereya