Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli  viloyat kо‘z kasalliklari shifoxonasi uchun viloyat hokimi Z.Ruziyev tashabbusi bilan 1 mlrd 100 mln sо‘m moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun ajratilgan bо‘lib tomografiya, fako emulsifikator  va lazer apparatlari sotib olish rejalashtirilgan. Bugun tomografiya hindistonlik hamkorlar tomonidan kelib о‘rnatildi va bemorlarga birinchi asoslangan tomografik tashxis quyildi.

Davlat tibbiyot muassasalari ichida  mazkur tomografiya apparati faqat Toshkent shahrida va Qashqadaryo viloyatida mavjud, bu о‘z о‘rnida bemorlarni tо‘liq tekshiruvdan о‘tkazadi va asosli tashxislaydi, ayniqsa kо‘z kasalliklari buyicha nogironlik guruhlariga chiqishda asosli tashxis quyadi, chunki kо‘z tubini tо‘liq kо‘rsatib beradi

Viloyat hokimligi  axborot xizmati

02-08-2019 |
Foto galereya