Qashqadaryo viloyati hokimligiga
2019 yil 20 may kuni ayrim ommaviy axborot vositalarida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi, Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi svetoforlarning holati tо‘g‘risida, shuningdek, svetoforlarning ta’mirlovchi tashkilot kerakli transport vositasi va jihozlar bilan ta’minlanmaganligi, tashkilotni hokimlikdan chiqarib YHXB tasarrufiga qaytarish mazmunida ma’lumot joylashtirilgan.
Viloyat maxsus ekspluatatsiya montaj bо‘limi mazkur ma’lumotni inkor etgan xolda, quyidagilarni ma’lum qiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2883-sonli qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati hokimligining 2017 yil 30 maydagi X-418/05-sonli hamda Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2017 yil 30 maydagi 3767-sonli qо‘shma qaroriga kо‘ra, viloyat IIB YHXB huzuridagi Ixtisoslashtirilgan foydalanish bо‘linmasining huquqiy vorisi sifatida viloyat maxsus ekspluatatsiya montaj bо‘limi shaklida tashkil etilgan.
Viloyat maxsus ekspluatatsiya montaj bо‘limi bugungi kunda Qarshi shahri Mustaqillik mahallasi Husniobod kо‘chasi 70-uyda joylashgan binoda faoliyat yuritib kelmoqda. Viloyat maxsus ekspluatatsiya montaj bо‘limi kerakli transport vositalari va texnika bilan ta’minlangan. Bо‘lim tasarrufidagi svetofor obyektlarini ekspluatatsiya ishlari uchun mahalliy byudjet tomonidan tegishli mablag‘lar ajratilib, moliyalashtirib kelinmoqda.
Bugungi kunda Chiroqchi tumanida (8 ta ), Yakkabog‘ tumanida (6 ta), Shahrisabzda (16 ta) va Kitob tumanida (7 ta) svetoforlar ishlamoqda va svetofor obyektlarini kundalik nazorat ekspluatatsiya ishlari bо‘lim ishchi xodimlari tomonidan olib borilmoqda, shuningdek ushbu tumanlaridagi svetofor obyektlarining ekspluatatsiya ishlari uchun kerakli asboblar va jihozlar bо‘lim tomonidan ta’minlanib kelinmoqda.
Qashqadaryo viloyat maxsus ekspluatatsiya
montaj bо‘limi boshlig‘i, M.Qobilov