Qashqadaryo viloyati hududiy gaz ta’minoti filialida  davra suhbati bо‘lib о‘tdi. Davra suhbatida qatnashgan shu soha rahbarlari, xodimlar va mutaxascislar tomononidan fuqarolar, iste’molchilar bilan qanday muloqotda bо‘lish, muloqot madaniyati-faoliyatning asosiy jihati ekanligi  misollar orqali tushuntirib berildi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bо‘limi rahbari Lola Saodatova, viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov hamda Qarshi davlat universiteti dotsenti Sharof Ermatovlar ishtirok etib,  tinchlik va osuda hayot qadri, ushbu ne’matlarni asrash, axborot huruji, xodimlarning mas’uliyati haqida sо‘z yuritishdi.

Respublika  Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bо‘limi rahbari Lola Soadatova tadbirda internetda soxta akkauntlar ochib, mansabdor shaxslarni obrо‘sizlantirishga harakat qilayotganlar haqida ham ma’lumot berib о‘tdi.

Shuningdek, tadbirda ayrim rahbarlarda boshqaruv madaniyatiga yetarli e’tibor qaratilmayotganligi, fuqarolar bilan muloqotda yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Davra suhbati ishtirokchilarining taklif-mulohazlari tinglanib, savollarga javob qaytarildi.

Tadbir savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy bо‘ldi.

                                                               Viloyat hokimligi axborot xizmati

                                                               Suratlarni Murod Komilov olgan.

15-08-2019 |
Foto galereya