Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Rо‘ziyev mustaqilligimizning 28 yillik bayrami arafasida Mirishkor tumanidagi boquvchisini yо‘qotgan, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar yashash sharoitlarini о‘rganish va amaliy kо‘mak berish maqsadida aholi xonadonlariga borib uchrashuvlar о‘tkazdi.
6 sotix tomorqasini yashnatib qо‘ygan Marg‘uba Hamroyeva bir nafar qizi bilan “Obodon” MFYda istiqomat qilib kelayapti. Viloyat hokimi bu xonadon bilan tanishar ekan, ularni qiynab kelayotgan muammoni bartaraf etishga erishdi. M.Hamroyeva uyining tom qismini yopish maqsadida 75 dona shifer olib berishini, xonadoniga zamonaviy eshik, derazalariga esa panjara о‘rnatib berishini bildirdi.
Viloyat hokimi tumandagi “Ayzobod” MFYda istiqomat qilayotgan, boquvchisini yо‘qotgan Dildora Abilova, Sabohat Sherova, Mahbuba Xonqulova xonadonlarida bо‘lib yashash sharoitlari bilan tanishdi, ularning takliflarini eshitdi. D.Abilova va M.Xonqulovaga uy tomlarini yopish uchun 60 donadan shifer olib berishni bildirdi. S.Sherovaning uyini mahalla faollari ta’mirlaydigan bо‘lishdi.
Viloyat hokimi har bir xonadonga borganida xonadon sohibalariga farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanish kerakligini, kelajakda bu oilalarning farzandlari a’lo baholarga о‘qib, vatanga munosib hizmat qiladigan xaqiqiy о‘g‘il-qizlar bо‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi.
“Obodon” va “Ayzobod” keksalari qо‘llarini duoga ochib, bu xayrli ishlarning tashabbuskori Prezidentimizga uzoq-umr tilashdi. Mirishkor tumanida bu xayrli tadbirlar 1 sentabrgacha davom etadi. Xayriya tadbiri davomida tumandagi 35 ta MFY hududida istiqomat qilayotgan 100 nafar oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatiladi.
Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.