Avval xabar berilganidek, viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev maktablardagi “Birinchi qо‘ng‘iroq” bayram dasturlarida ishtirok etdi.

Koson tumanidagi 62-maktabda о‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi sо‘zga chiqib, о‘quvchilarni yangi о‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi о‘rni haqida ham о‘z kechinmalarini sо‘zlab berdi.

Shuningdek, viloyat hokimi о‘quvchilarga mustaqillik darsi ham о‘tdi. Unda mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yillar о‘tishi bilan tobora ortib borayotgani, О‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obrо‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bо‘lib kelayotganini alohida ta’kidladi.

О‘quvchilar bilan uchrashuv davomida maktab ostonasiga ilk qadam qо‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘alari, maktab kutubxonasiga viloyat hokimining badiiy kitoblar tо‘plami  topshirildi.

 

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

Foto: Murodjon Komilov.

 

04-09-2019 |
Foto galereya