Joriy yilning 25-26 avgust kunlari Yakkabog‘ tumanida joylashgan 2-sonli bolalar-о‘smirlar sport maktabida sportning futbol turi bо‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi bо‘lib о‘tdi. Unda 2004-2006 yillarda tug‘ilgan о‘smirlar ishtirok etdi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimi Zafar Ruziyev sо‘zga chiqib, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan e’tibor natijasida yoshlarimizning xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyatlarga erishayotgani, yuqori natijalarni qо‘lga kiritayotganliklari xususida gapirdi.
Bu kabi musobaqalar kelgusida respublika va xalqaro bellashuvlar oldidan ushbu muhim tayyorgarlik vazifasini о‘taydi.
Musobaqa natijalariga kо‘ra, Muborak tumani bolalar-о‘smirlar sport maktabi hamda Yakkabog‘ tuman 1-sonli bolalar-о‘smirlar sport maktabi futbol jamoalari faxrli uchinchi о‘rinni, Kitob tumani bolalar-о‘smirlar sport maktabi futbol jamoasi 2-о‘rinni egallagan bо‘lsa, Yakkabog‘ tumani 2-sonli bolalar-о‘smirlar sport maktabi futbol jamoasi musobaqaning musobaqa g‘olibiga aylandi va viloyat hokimi kubogini qо‘lga kiritishdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari viloyat hokimining kubok, diplom, medallari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati.