Joriy yil 19 iyul kuni Kasbi tumani hokimligi majlislar zalida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida tashkil etilgan “Maslahat kengashi” majlisida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tuman faollari, viloyat va tuman tashkilot, korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi Z.Ruziyev bugun zamon shiddat bilan taraqqiy etayotganligi, Prezidentimiz rahbarligida har bir sohada ulkan islohotlar amalga oshirilayotganligini e’tirof etdi. Ana shu islohotlar samarasi о‘laroq qishloq xо‘jaligiga ixtisoslashgan Kasbi tumanida ham bu yil har tomonlama muvaffaqiyatli yil bо‘ldi. Avval pilla rejasi ortig‘i bilan uddalandi. Kasbilik mirishkorlar davlatga g‘alla sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, 55 ming tonnadan ortiq ulkan xirmon yaratishga muvaffaq bо‘lishdi. Viloyat hokimi muvaffaqiyatlar bilan birga tumandagi mavjud kamchiliklar xususida ham tо‘xtalib, ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan ichki yо‘llarni ta’mirlash uchun 2 mld sо‘m, ichimlik suvi ta’minoti uchun 2 mld sо‘m jami qо‘shimcha 4 mld sо‘m ajratilishini bildirdi. Ushbu mablag‘ni oqilona va tо‘g‘ri taqsimlash borasida mutasaddi tashkilotlarga zarur kо‘rsatma va topshiriqlar berdi.
Shundan sо‘ng viloyat hokimi boshchiligida tashkilot rahbarlari Xо‘jaxayron qishlog‘ida sayyor qabul о‘tkazdi. Aholini qiynayotgan muammolar xususida suhbatlashdi.
Viloyat hokimi va sektor rahbarlari tomonidan о‘tkazilgan sayyor qabulda aksariyat muammolar joyida hal etilgan bо‘lsa, qolganlari bо‘yicha "yо‘l xaritalari" belgilanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari kо‘rildi.
Ma’lumki, bugun mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ayniqsa, chekka va olis hududlarda yashayotgan fuqarolar holidan xabar olish, muammolarini joyida hal etish, odamlarda adolatga, davlatga ishonchni mustahkamlash va ularni hayotdan rozi qilish davlat idoralari, rahbarlar oldidagi eng ustuvor vazifaga aylandi. Shunga muvofiq, tashkil etilayotgan sayyor qabullarda odamlarni qiynab kelayotgan kо‘plab muammolar tinglanib, ularni hal etish choralari kо‘rilmoqda.
Qabul jarayonida fuqarolar asosan elektr energiya ta’minotini yaxshilash, ichki yо‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratish, maktabni ta’mirlash va maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish borasida о‘z takliflarini bildirdi. Kasbi tumani xalq ta’limi bо‘limiga qarashli 12-umumiy о‘rta ta’lim maktabi direktori Shomurod Sharipov maktabda qо‘shimcha sinfxonalar extiyoj borligini, shuning uchun maktabda qо‘shimcha sinfxonalar tashkil etish uchun amaliy yordam sо‘rab murojaat qildi. Natijada muammo dastur asosida о‘z yechimini topadigan bо‘ldi. Mazkur mahalla raisi Narzullo Xudoyberdiyev hududda faqat bitta oilaviy bog‘cha mavjudligi, qishloq bolalari uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga extiyoj borligini aytib о‘tdi. Bu masala mazkur qishloq hududida davlat xususiy sherikchilik asosida 2 yarim yillikda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi.
E’tiborli jihati, aksariyat aholi vakillari tomonidan nafaqat о‘zi yoki oilasiga tegishli, balki mahalla, qishloq ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq 32 ta masala о‘rtaga tashlandi.
Xususan, Xо‘jaxayron qishlog‘ida yashovchi Dilorom opa Xatamova va boshqalar 245 nafar bolalar 5-6 km hududdan kelib maktabda о‘qishlarida qiyinchiliklarga duch kelayotganligi, shu yuzasidan qishloqda maktab filiali qurish bо‘yicha murojaat qilishdi. Bu masala kelgusi yilda dastur asosida о‘z yechimini topadigan bо‘ldi.
Albatta, xalq bilan muloqot hududlardagi mavjud vaziyatni puxta tahlil qilish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Suratlarni Murod Komilov olgan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.