Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Rо‘ziyev Chiroqchi tumanida nogironligi mavjud, boquvchisini yо‘qotgan va chin yetim sifatida rо‘yxatda turadigan 53 nafar о‘quvchi-yoshlar xolidan xabar olish maqsadida “Hokim va yoshlar” uchrashuvini о‘tkazdi.
- Bolajonlarning biri bilim olishga ishtiyoqi baland bо‘lsa, yana biri sport sohasida yurtimiz bayrog‘ini dunyo arenalarida baland kо‘tarishni xoxlaydi, - deydi viloyat hokimi. – Ularning orzularini amalga oshirish uchun munosib sharoit yaratib berish biz rahbarlarning zimmamizda. Bu mas’uliyatni har daqiqada his qilishimiz kerak.
Quvnoq jarayonlarga boy bо‘lgan uchrashuvda viloyat hokimi va keksa yosh vakillari о‘zlari bosib о‘tgan hayot yо‘llarini, qiyinchiliklari-yu uning ortidan kelgan farovonliklar haqida sо‘zlab berishdi.
Uchrashuv sо‘ngida о‘quvchi-yoshlarga Respublikamiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan maktab formasi va bayram sovg‘alari ulashildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.
Murod Komilov olgan suratlar.