Avval xabar berilganidek, Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev chekka hudud aholisini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini о‘z kо‘zi bilan kо‘rish, shuningdek, turmushida duch kelayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ochiq muloqotlar о‘tkazmoqda.

Navbatdagi muloqot Nishon tumanining chegara hududi xisoblangan Talimarjon shaharchasida bо‘lib, unda viloyat hokimi aholi bilan muloqot о‘tkazdi.

 

Ochiq muloqotdan sо‘ng viloyat hokimi shaharchadagi “Obod markaz” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar sifati bilan ham tanishdi. Yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklar bо‘yicha tegishli kо‘rsatmalarni ham berib о‘tdi.

Viloyat hokimi boquvchisini yо‘qotgan, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oila farzandlari bilan ham uchrashib, ularga kuz-qish mavsumi uchun maktab formasi taqdim etdi.

Shuningdek, viloyat hokimi Qarshi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan ham tanishib, korxonaning II bosqichini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar – elektr energiyasi, gaz va suvni tez muddatlarda bartaraf etishga va’da berdi.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

Foto: Murodjon Komilov.

23-08-2019 |
Foto galereya