Mamlakatimizda pandemiya boshlangandan buyon koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, har bir fuqaroni sog‘ligi uchun kurashish masalasi muhtaram Prezidentimizning shaxsiy nazoratida bo‘lganligidan barchamiz yaxshi xabardormiz.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan kasalga chalinganlar, karantinga olinganlar, ularga xizmat ko‘rsatayotgan shifokorlar uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.

Dastlab qatʼiy karantin karantin choralari joriy qilindi, keyinchalik bosqichma-bosqich cheklovlar va karantin talablari yumshatilib, tadbirkorlik subyektlariga, umumiy ovqatlanish, transport kabi sohalari faoliyatiga ruxsat berildi. 

O‘tgan davrda viloyatda jami 376 nafar fuqarolarimiz koronavirusga chalingan bo‘lsa, hozirgacha 191 nafari (51 %) tuzalib chiqdi, 185 nafari davolanmoqda, jami 2793 nafar fuqaro 10-14 kunlik karantinga olindi.

Buning uchun bizga yaqindan yordam berib, kechani-kecha, kunduzni Kun.uz demay, fidoiylik bilan xizmat qilgan harbiylarimizga, ichki ishlar, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, FVB xodimlariga, ayniqsa o‘z kasbiga sodiq shifokorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.  

O‘tgan davrdagi davolash ishlariga jami 5280 nafar tibbiyot xodimlari,shundan 876 nafar vrachlar, 85 nafari epidemiologlar, 4210 nafari hamshiralar va 109 nafar kichik tibbiyot xodimlari jalb qilindi.

AZIZ VOHADOSHLAR!

Xabaringiz bor joriy yil 2 iyuniga qadar viloyatimiz koronavirusdan holi “yashil” hudud toifasiga kiritilgan edi. Lekin 4 iyundan boshlab, dastlab chet eldan tashrif buyurganlarda keyinchalik mahalliy aholida kasallik yuqtirganlar aniqlana boshlandi.  

Lekin oxirgi haftada vaziyat o‘ta tashvishli tus oldi. Hammamizni qattiq tashvishga solishi lozim bo‘lgan holat shuki, 8 iyulkuni 161 nafar kasal aniqlangan. Kasallanganlarning 127 nafari “Inter injiniring” kompaniyasi xodimlari bo‘lsa 34 nafari mahalliy aholi orasida qayd etilgan. 

O‘rinli savol tug‘iladi, xo‘sh nega birdan bunday keskin usish yuzaga keldi.

Javobi aniq – fuqarolar o‘rtasida sanitariya qoidalariga va Karantin talablariga rioya etilmayapti, yumshatish choralarini to‘g‘ri tushunmasdan, o‘z salomatligiga befarqlik oddiy hayot tarziga aylanib qoldi.

O‘tkazilgan reyd natijalariga ko‘ra o‘tgan davr ichida        3309 nafar masʼul shaxslar va fuqarolarga maʼmuriy jazo qo‘llanilgan. Shundan, 3098 nafari tibbiy niqob taqmaganligi uchun, 50 nafari tashkilot va muassalarda karantin talablarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun, 71 ta holatda umumiy ovqatlanish korxonalarida, 90 ta holatda oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ulanuvchi savdo nuqtalari egalariga jazo choralari qo‘llanilgan.   

Shu o‘rinda yana bir bir misol o‘zi shifokor fuqaromiz karantin talablariga rioya etmagan holda 24 iyun kuni qarindoshinikida oilaviy tadbirda va deputatlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, hamkasblaridan 30 nafariga virus yuqtirishga sabab bo‘ldi. 

Eng achinarlisi,30 iyun kuni G‘uzor tumanida yashovchi bitta fuqaromizda o‘lim qayd etildi. Bu holatni ham tahlil qiladigan bo‘lsak oddiygina karantin talablariga rioya etmaslik oqibati yotibdi. 

Endi karantin cheklovlari va talablarini kuchaytiramiz Ertaga 10 iyuldan 1 avgustga qadar quyidagi cheklovlarni joriy etiladi:

Birinchidan, avtotransport vositalarining harakatini cheklaymiz.

Xo‘sh nega ushbu cheklash joriy etilmoqda? Keyingi paytlarda karantin qoidalariga zid ravishda bitta mashinada 5 kishi, niqobsiz harakatlanishi thollari ko‘paydi. Qarshi shahrida tungi vaqtlarda kim uzarga “poyga” qilayotganlar paydo bo‘ldi. Avtobuslarda yo‘lovchi tashish qoidalari mutlaqo bajarilmadi. Taksi haydovchilari bilan alohida gaplashgandek, ularga qator talablar qo‘yilgandi. Maʼlum bir muddatdan keyin yana usha ahvol. 

Shuning uchun ertadan quyidagi tartib yo‘lga qo‘yiladi:  

- viloyat bo‘yicha jamoat transporti harakati to‘xtatiladi (avtobus va damaslar); 

- avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida ertalab 07.00 dan – 10.00 gacha va kech soat 17.00 dan – 20.00 gacha tegishli hudud doirasida ruxsat beriladi.

- Mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishga faqatgina tibbiy niqob taqqan holda hayotiy zarur ehtiyojlari uchun ruxsat etiladi. Sayr qilishga emas!

- Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga maxsus talablar asosida faqatgina avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishga ruxsat beriladi. Bunda faqatgina ikki nafar yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi kerak;

Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimanki, agar ushbu talablarga rioya etilmasa umuman yo‘nalishsiz taksilar harakatini to‘xtatishga majbur bo‘lamiz! 

- Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat beriladi.

Shahar, tuman hokimliklari, qishloq xo‘jaligi va qurilish tizimidagi tashkilotlar rahbarlariga:

- 2 kun muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (meva-sabzavot, go‘sht, sut, un va non mahsulotlari kabi)va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradigan transport vositalari, qurilish obyektlari hamda sanoat korxonalarining yuk avtomobillari va maxsus texnikalari ro‘yxatini viloyat komissiyasiga kiritish topshiriladi. Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi viloyat maxsus komissiyasiga ushbu masalani muvofiqlashtirish uchun alohida mutaxassis ajratsin. 

- Ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.

Viloyat IIB va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur yo‘nalishda karantin talablarini buzgan shaxslarga maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytiradi.  

Ikkinchidan, davlat organlar va tashkilotlarning ishchi xodimlarini asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.

Tumanlardan qatnab ishlaydigan xodimlar onlayn ish rejimida o‘tishi, birinchi navbatda 60 yoshdan oshgan ishchi-xodimlarga taʼtilga chiqarish tavsiya etiladi.  

Nega ushbu cheklovlar joriy etilmoqda?

Keyingi 15 kun ichida bir qator korxona va tashkilotlarda, ayniqsa yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar orasida virus yuqtirish xavfi ortdi. Ayrim yirik sanoat tashkilotlarida xodimlari orasida koronavirus yuqtirgan fuqarolar aniqlandi.  

Uchinchidan, davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazishi taʼqiqlanadi. 

Zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimidan o‘tkaziladi. Fuqarolarni qabul qilish ham bino ichida emas balki avvalombor telefon orqali og‘zaki, internet orqali onlayn, qolaversa ochiq havoda ijtimoiy masofani saqlagan holda, fuqaro va xodim o‘rtasida plenka bilan to‘silgan holda qabul qilish tavsiya etiladi. 

To‘rtinchidan, tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, oilaviy, to‘y hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlanadi.

Sababi monitoring natijalarida qishloq va mahallalarda amalda to‘ylarda qatnashganlar 30 nafar o‘rniga 60-70 hatto 100 nafargacha, yoki mehmonlarni kunning maʼlum qismida soatlarga taqsimlab aytish holati ham kuzatilmoqda. Ammo to‘y egasi, oshpazlar va boshqa xizmat qiluvchilar usha-usha odamlar. Zanjir usulida bir-biriga yuqtirish ehtimoli ortsa ortadiki, kamaymaydi.   

Beshinchidan, parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyatini, velosipedlarni prokatga berish xizmatlari to‘xtatiladi.

Chunki, eng katta xavf, eng infeksiya ko‘p to‘planadigan joy aynan o‘yin attraksionlari. Chunki biror bir attraksion egasi har bir fuqaroldan keyin qurilmani dezinfeksiya qilmaydi. 

Oltinchidan, buyum bozorlari, buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar, mol bozorlari, parranda bozorchalari, atrofi o‘ralmagan kunlik bozorlar faoliyatini qatʼiy to‘xtatiladi. 

Dehqon bozorlari shanba va yakshanba kunlari dezinfeksiyaga yopiladi. 

Sababi bozorlarda sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida shaffaf plenka bo‘lishi, maxsulotlarni plenka osida saqlashnishi, xaridorlar qo‘li bilan ushlamasligi, sotuvchilar maxsus qulqopdan foydalanishi, bozorlardagi rastalarni bosim ostida suv bilan yuvib dezinfeksiya qilish karantin talablari rioya etish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berilganigi qaramasdan bu talablar bajarilmadi. 

Yettinchidan, sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseyinlar faoliyati to‘xtatiladi. 

Tashkiliy-xuquqiy va mukchilik shaklidan qatʼi nazar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati ham to‘xtatiladi.

Sakkizinchidan, umumiy ovqatlanish obeʼktlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatini to‘xtatiladi. Yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno.

Shuningdek, yo‘l bo‘yida, ko‘chalarda, aholi gavjum joylarda  “O‘rik sharbati”, “Kvass”, “Mors” “Chalop”, yurib muzqaymoq va yaxna ichimliklar, pista, tamaki mahsulotlari (donalab) hamda pishgan oziq-ovqatlarni sotish qatʼiyan taʼqiqlanadi 

To‘qqizinchidan, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar, oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari faoliyatini to‘xtatiladi. 

O‘ninchidan, 65 yoshdan oshgan shaxslarning uydan chiqmasliklari tavsiya qilinadi, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib xarakatlanishiga ruxsat berilmaydi.  

Viloyatda faoliyat yuritayotgan sanoat va yirik qurilish obyektlari faoliyatini davom ettirishlari uchun quyidagi talablar qo‘yilmoqda:

- tegishli obyektlar hududini to‘liq karantinga olish, faqat bir joydan kirib-chiqishni yo‘lga qo‘yish; 

- obyektlar hududida sanitariya va gegiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishini taʼminlash;

- sanitariya-epidemiologik osayishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli obyektlarga sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirib borish;

- obyektlarga kirib-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, ishchilar haroratini daftarda qayd etib borish;

- xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini taʼminlash.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan:

Koronavirus infeksiyasini yuktirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarii nazarda tutuvchi tartibi joriy etiladi:

infeksiya yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;

karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi, hamda 10 kun muddatda infeksiyani aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;

test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, tegishli shifoxonaga joylashtiriladi, 

kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga ruxsat beriladi. 

fuqaroni uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi. 

Qadrli vohadoshlar, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida barcha rahbarlarga, tibbiyot, mahalla raislariga, nuroniylarimizga sektor rahbarlariga va viloyat aholisiga murojaat qilmoqchimiz 

Hokimlar va sektor rahbarlari – o‘z hududingizda karantin talablariga to‘la rioya etilishini taʼminlang. Ushbu sohada tuman miqyosidagi biror bir holatga befarq qaramang. Ayniqsa bozorlar, qurilish obyektlari, aholi ko‘p to‘planishi va murojaat qilishi mumkin bo‘lgan obyektlarni alohida nazoratga oling. Tashkilot va korxoanalarda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni virusga tekishirish testdan o‘tishini taʼminlang. Respublika va viloyat maxsus komissiyasining har bir ko‘rsatma va topshiriqlari ijrosini izchillik bilan taʼminlang. 

Barcha bo‘g‘indagi huquq-tartibot idoralari xodimlari – Pandemiya eʼlon qilingandan beri juda katta mashaqqat va Vatanparvarlik bilan karantin talablarini bajarilishida jonbozlik ko‘rsatdingiz. Viloyatni “yashil” hudud toifasida ushlab turilgani ham bevosita Sizlarning mashaqqatli mehnatingizdir. 

Ertadan boshlab yangi kuch va g‘ayrat bilan ushbu talablar bajarilishini taʼminlashga, ko‘chalarda aholiga ovoz kuchaytirish uskunalari orqali keng targ‘ibot olib borishga, birinchi navbatda tartib va intizomni mahkam ushlashga sidqidildan kirishing. 

Mahalla raislari – qadrli oqsoqollar!

O‘z mahallangizda karantin talablari bajarilishiga beparvo bo‘lmang. Aholi, xalq avvalo Sizni eshitadi va Sizdan o‘rnak oladi. mahallangizga begonalar kirishiga yo‘l qo‘ymang, xorijdan yoki boshqa hududlardan qaytganlar to‘g‘risida zudlik bilan hududiy komissiyalarga xabar bering. Bu bilan avvalo o‘zingiz mahalladoshlaringiz va yaqinlaringiz hayotini saqlab qolgan bo‘lasiz. biror bir fuqaroni mahallada ko‘chalarda uy bekasimi, voyaga yetmagan yosh bolami niqobsiz yurishiga yo‘l qo‘ymang. 

Aziz shifokorlar – Siz pandemiya davri boshlangandan buyon yuksak maʼnaviy jasorat ko‘rsatib kelmoqdasiz. Bugun Sizlarga shunday murojaat qilmoqchimizki vaziyat ko‘proq Sizlarga bog‘liq. Keng aholi ommasiga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va undan saqlanib yurish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boring. Biror bemorga befarq bo‘lmang. Sizdan najot kutib kelganlarni umidsiz qilmang va yordamingizni ayamang. Virusga shubha qiladigan alomatlari mavjud biror bir bemorni o‘z holingizcha uyda davolamang. Va albatta o‘zingizni asrang.

Faxriy nuroniylarimiz, yoshi 65 dan o‘tgan otalar va onaxonlar – Bosib o‘tgan ibratli umr yo‘lingiz, qiyinchiliklarga bardosh berib, orttirgan boy hayotiy tajribangizni amalda qo‘llash vaqti keldi desak xato bo‘lmaydi menimcha. Farzandlaringizga, nabiralaringizga, qo‘yinki, mahallangiz va qishlog‘ingizdagi barcha-barchaga avvalo shaxsiy o‘rnak ko‘rsating, uyda qoling. Bu sinovli davrlardan o‘tib olish uchun yosh avlodga nasihat qiling. Nabiraliringizni kitob mutolaa qilishga va uyda foydali mexnat bilan band bo‘lishiga boshchilik qiling. Mehnat insonni ulug‘lashini, Sabrning tagi oltin ekanligini, Oyning 15 qorong‘u bo‘lsa 15 yorug‘ bo‘lishini, Qiyinchilik va sinovlar insonni toblashini har kuni, har soat farzandlaringiz va nabiralaringizga uqtiring.  

Aziz vatandoshlar, Muhtaram Yurtboshimiz aytganlaridek, bu xavfni “Temir intizom – yuksak tafakkur” bilan yengamiz. Bu sinovlardan albatta kuchli va baquvvat bo‘lib chiqamiz.

Foto galereya