Viloyat hokimi o‘tgan hafta davomida barcha shahar va tumanlarda bo‘lib, joylarda dori-darmon va yotoq o‘rinlari zaxirasi, tez tibbiy yordam xizmati, ehtiyojmandalarga ko‘mak, pandemiya davrida ishlayotgan korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat hokimining tuman va shaharlarga amaliy tashrifi dastlab, Shahrisabz shahri, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlaridan boshlandi.

Tashrifi davomida viloyat rahbari Shahrisabz shahrida joylashgan “O‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi”ning viloyat filialiga Germaniya va Rossiyada  ishlab chiqarilgan 3 ta PZR zamonaviy laboratoriya uskunasini foydalanish uchun topshirdi.

Tuman va shaharlardagi holat joyida borib o‘rganganilgandan so‘ng joylardagi mashina yetishmayotgan tez tibbiy yordam xizmatlariga 15 ta maxsus jihozlangan “Damas” avtomashinalari jo‘natildi. “Qashqadaryo Dori-Darmon” MCHJ omborxonasiga 1 milliard 185 million so‘mlik zaxira dori-darmonlari va Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolanishida kerak bo‘ladigan dori vositalari yig‘indisidan iborat 3000 ta to‘plam(aptechka)i keltirildi. Shuningdek, 40 ta oksigenerator, 4 ta portativ rentgen apparati, 4 ta elektroso‘rgich apparati va koronavirusga qarshi 5 turdagi dorilar to‘plami zudlik bilan viloyat kesimi bo‘yicha taqsimlanib, 15 ta shahar va tumanlarga yuborildi.

Zoyir Mirzayev shahar va tumanlarga har bir tashrifi davomida joylardagi tez tibbiy yordam xizmati, dori-darmon va yotoq o‘rinlari zaxirasi, ehtiyojmandlarga ko‘mak, pandemiya davrida ishlayotgan korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishar ekan, har bir tuman yoki shahar hokimi, sektor rahbarlarining zimmasiga respublika va viloyat maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq o‘rnatilgan tartibga aholining qatʼiy va to‘liq amal qilishini taʼminlash, koronavirus hastaligiga chalingan yoki karantindagi fuqarolarning holidan xabardor bo‘lish kabi qator vazifalarni yukladi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi

axborot xizmati

28-07-2020 |
Foto galereya