Saidov Suxrob - Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri. Bungacha viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Baxriyeva Sitora - Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi. Bungacha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Kasbi tumani Kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Tojiboyev Sanjarbek - Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi. Bungacha Toshkent shahridagi “Asl bino-ta’mir” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shaymanov Adhamjon - Qashqadaryo viloyati hokimi birinchi o‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi. Bungacha viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati

15-02-2021 | Ijtimoiy | 601
Foto galereya