Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahridagi Madaniyat markazida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev madaniyat va san’at xodimlari, ijodkorlar bilan uchrashdi.

Viloyat hokimi о‘z ma’ruzasida madaniyat va san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog‘laridagi shart-sharoitlar, yosh iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, soha rivojiga hissa qо‘shayotganlarni rag‘batlantirib borish hamda joriy yilda Shahrisabz shahrida о‘tkaziladigan II-Xalqaro Maqom festivalini keng nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 2019 yilda viloyatda yuqori saviyada tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, festivallardagi ishtiroki uchun voha san’at vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan birga viloyat rahbari soha rivojida yо‘l qо‘yilayotgan kamchiliklarga ham tо‘xtalib о‘tdi.

Qashqadaryo viloyatida 124 ta madaniyat muassasasi mavjud bо‘lsada, aholining madaniy dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish ishlari kо‘ngildagidek emasligi, ularni teatr, muzey va konsertlarga  jalb etishda yangicha yondashuv yо‘lga qо‘yilmayotganligi ta’kidlab о‘tildi. Shuningdek, ba’zi tumanlarda madaniyat va istirohat bog‘larining faoliyatiga be’etibor qaralayotganligi tо‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

- Istirohat bog‘lari faol dam olish va tinch zonalarga bо‘linishi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 avgustdagi 671-sonli qarorida belgilab qо‘yilgan. Biroq, shu talablarga rioya etilgan madaniyat va istirohat bog‘larini uchratmadim. Men doim aytaman, istirohat bog‘larini obod qiling, elektr-energiyasi, chiroq, trotuar, о‘rindiqlar о‘rnatib bog‘ni birlamchi infratuzilmasini tayyor qiling. Undan keyin  tadbirkorlarga zamonaviy attraksionlar о‘rnatish bо‘yicha taklif bering. Buning uchun rahbarlarda izlanish va tashabbuskorlik yetishmayapti, - deb ta’kidladi viloyat rahbari.

Ta’kidlash joizki, uchrashuvda viloyatda madaniyat va san’atni yanada qо‘llab-quvvatlash, keng sharoitlar yaratish bо‘yicha topshiriqlar berildi.

Mas’ullarga viloyat madaniyat boshqarmasini bino bilan ta’minlash bо‘yicha takliflar kiritish yuzasidan kо‘rsatma berildi. Bolalar musiqa va san’at maktablarida 14 ta yо‘nalishda mutaxassislarga bо‘lgan extiyojni о‘rganish vazifalari topshirildi. Tuman, shahar hokimliklariga joylardagi faoliyat kо‘rsatayotgan istirohat bog‘lari hududlaridagi yer uchastkalarini ijaraga olish istagidagi tadbirkorlarni aniqlash, kо‘zi ojizlar kutubxonalarini bino bilan ta’minlash, ta’mirtalablarini ta’mirlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini kо‘rish vazifalari qо‘yildi. Shahar va tuman hokimliklari va moliya boshqarmasi mas’ullariga “Xalq” va “Namunali” unvonga ega bо‘lgan badiiy jamoalarni zarur miqdorda sahna liboslari bilan ta’minlash, madaniyat markazlari uchun kinoproyektor va boshqa uskunalarni xarid qilish, chekka va tog‘li hududlarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari о‘tkazish maqsadida shahar va tumanlar madaniyat bо‘limlariga transport vositasi ajratish choralari kо‘rilishi bо‘yicha topshiriqlar berildi. Viloyat televideniyesi orqali viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan eng sara spektakllarni efirga berilishi belgilandi.

Alohida aytib о‘tish kerak, Qarshi shahar hokimligi, viloyat qurilish boshqarmasi, Markaziy bank boshqarmasiga Madaniyat va san’at xodimlarini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ipoteka krediti asosida mavjud kо‘p qavatli arzon uylardan berilishi, lozim bо‘lsa kelgusida alohida joy ajratib yangi uylar qurish uchun zamonaviy dizaynda loyihalar tayyorlash bо‘yicha kelishib olindi. Ushbu uylarni “Ijodkorlar uylari” deb atalishi, keyinchalik esa “San’atkorlar va ijodkorlar kvartali” deb nomlanishi bо‘yicha taklif bildirildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

19-02-2020 |
Foto galereya