Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining 40 ga yaqin yetuk mutaxassislari yurtimizga kelgan edi. Bugungi kunda ularning bir guruhi viloyatimizda ham faoliyat olib bormoqda.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev xorijiy mehmonlarni qabul qilish zalida viloyatimizga tashrif buyurgan rossiyalik tibbiyot xodimlari - Nikolay Viktorovich, Marina Petrovna va Oksana Nikolayevnalar bilan uchrashib, yurtimiz shifokorlari bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borayotgan ishlari xususida suhbatlashdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati
24-09-2020 |
Foto galereya