Ushbu konferensiyani о‘tkazishdan asosiy maqsad, “Bir makon – bir yо‘l” loyihasi doirasida Buyuk Ipak Yо‘li yoqasida joylashgan tarixiy shaharlar о‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va ushbu shaharlar orasida о‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir.

Shuningdek, ushbu konferensiyaning Buyuk Ipak Yо‘li yoqasida joylashgan tarixiy shaharlar orasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ta’lim va turizm, savdo, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida birgalikda faoliyat olib borish imkoniyatlarini rivojlantirishga katta hissa qо‘shishi kutilmoqda.

Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari Xitoyning  Chjansyatsze shahrida bо‘lib о‘tayotgan “Buyuk ipak yо‘li yoqasida joylashgan shaharlarni birgalikda rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Qashqadaryo viloyati hokimi о‘rinbosari  Oybek Shagazatov  qatnashmoqda.

Konferensiyaga tayyorgarlik doirasida O.Shagazatov Xitoy Xalq Respublikasi Siyosiy kengashining Ijtimoiy va Xuquqiy Ishlar Komiteti raisi о‘rinbosari janob Chen Zimin bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar kelajakda Xitoy bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatiga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish, Xitoy investitsiyalari ishtirokida viloyatda qо‘shma loyihalar barpo qilish bо‘yicha muzokaralar olib borishdi.

Viloyat hokimi о‘rinbosari О‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan Xitoyda ta’lim olayotgan talabalar bilan ham uchrashdi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.

 

09-12-2019 |
Foto galereya