Viloyat hokimligi nogironligidan uyidan tashqariga chiqa olmayotganligi sababli Zoyir Mirzayevning qabuliga kira olmayotgan fuqarolar bilan ham “ZOOM” orqali qabul o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi.

Ana shunday fuqarolardan biri 1982 yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan Roziqova Go‘zal. G.Roziqova va 1979 yilda tug‘ilgan akasi Sh.Roziqovlar bolalikdan nogiron. Onasi bilan istiqomat qiladi. Davlat tomonidan nafaqa va yordam pullari tayinlangan bo‘lsa-da, kam daromadli oila bugun yordamga muhtoj. Xonadoni taʼmirtalab, isitish tizimi yo‘q.

Yuqoridagi masalalarda murojaat qilgan oila bilan viloyat hokimi “ZOOM” tarmog‘i orqali muloqot qilib, fuqaroning uyini taʼmirlash va isitish tizimini o‘rnatishni o‘z zimmasiga oldi. Yashash sharoiti uchun zarur bo‘ladigan uy anjomlari ham shu kunni o‘zida yetkazildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati

24-09-2020 |
Foto galereya