2020 yil 12 iyul kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tumandagi Qiziltepa qishlog‘idan 25-30 kilometr olisda, Hisor tog‘ tizmalari oralig‘ida joylashgan Langar ota ziyoratgohida bo‘lib, ushbu muqaddas qadamjoni yana-da obod qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar bergan edi.

Bugun ushbu qutlug‘ qadamjo saxovatpesha insonlar ko‘magi bilan yana-da obod manzilga aylandi.

Viloyat hokimi qadamjo atrofida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ keksalar, nuroniylar bilan ham suhbatlashdi. 

Ziyorat ham amaliy tashrif davomida jonliq so‘yilib, xatmi Quron qilinib, Yaratgandan tinchlik va xotirjamlik, shuningdek, vohamizda boshlanayotgan bahorgi ekinlarga baraka so‘raldi. Shu kuni ziyoratgoh hududida daraxt ekish ishlarida ishtirok etishdi.

- Ayni hozir ko‘chat qadash uchun eng maʼqul vaqt, - deydi viloyat rahbari. - Biz rahbarlar bu borada o‘rnak ko‘rsatishimiz zarur.Maʼlumot o‘rnida, qayta taʼmirlashdan chiqqan Qamashi tumanidagi Langar ota ziyoratgohida sektor va tashkilotlar rahbarlari, tuman hamda shahar hokimlari jam bo‘lishdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati.

22-02-2021 |
Foto galereya