Qarshi shahridagi A.Navoiy nomli istirohat bog‘ida bugun, erta tongdan karantin tadbirlari sabab to‘xtab qolgan viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli boshlandi.

- Voha ahliga ham, tadbirkorlarga ham har qanday qonun doirasidagi yordamni berishga tayyorman, - dedi viloyat rahbari. - Yodingizda bo‘lsa, qish oylarida tog‘li qishloqlarda tunab qolib, tog‘liklar dardini tinglagan edik va bu harakatlarimiz natija bermay qolmadi. Tibbiy xizmat, taʼlim-tarbiya va yo‘l masalalari bosqichma-bosqich hal etila boshladi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar va tadbirkorlardan 48 ta muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Ularning 32 tasi Qarshi shahar hududida yashovchi fuqarolar hamda tadbirkorlarning murojaatlarini tashkil etadi. Shuningdek, sayyor qabulda Qarshi, Koson va Nishon tumanlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari ham ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 12 tasi joyida yechimini topdi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

21-09-2020 |
Foto galereya